Operandalarning formatlari, kompyuterning buyruqlar tizimi
Download 0.69 Mb.
|
4-maruza boyicha materiallar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operandalarni adreslash turlari va usullari, buyruqlar oqimini boshqarish.
Buyruqlarning xillari:Ma’lumotlarni ko‘chirib yozish buyruqlari – LOAD, STORE, MOVE. Ikkita operandalar ustida amallar bajarish buyruqlari - ADD, SUB, AND, OR. Bitta operanda ustida amallar bajarish buyruqlari - INC, DEC, NOT, RL. Taqqoslash va shartli o‘tish buyruqlari - CMP. Dastur osti dasturlarini chaqirish buyruqlari - CALL . Sikllarni boshqarish buyruqlari. Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish buyruqlari – IN, OUT. Operandalarni adreslash turlari va usullari, buyruqlar oqimini boshqarish.Hisoblash amali bir yoki bir nechta operandlarni o’z ichiga olishi mumkin, masalan, operandlarni kirish va chiqarish amallari. Operandlar xotirada yoki virtual xotirada, processorning registorida, tezkor xotira, I/O qurilmalarida saqlanadi. Tezkor xotira deganda, so’zlar ro’yxati yoki ob’ektlar qatorlari vaqt o’tishi bilan ushlab turilishi mumkin bo’lgan ogohlantiruvchi vositalar to’plami to’g’risidagi ma’lumotlar tushuniladi. Assosiy xotira – adres ko’rinishidagi havola orqali taqdim etiladi. Prosessorni registri – agar prosessorda birorda bo’sh registr mavjud bo’lsa , unga bevosita murojat qilishi mumkin. Yoki bittadan ko’p registrlari bo’lsa, har biriga o’ziga xos raqam beriladi. I/O – buyruq I/O moduliga belgilangan bo’lishi lozim. Keyingi buyruq (next instruction reference) – bu amal orqali prosessorga navbatdagi amalni yuklab olish bo’yicha buyruq beriladi. Ko’p hollarda bu amalni yuklab olishdan avval mavjud buyruq bajarilishi lozim bo’ladi. Ko‘pgina buyruqlar joylashgan o‘rinlari ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan operandalar bilan ishlaydi. Operandaning joylashgan o‘rnini ko‘rsatish adreslash deb ataladi. Adreslashning quyidagi xillari yoki rejimlari mavjud: Bevosita adreslash rejimi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri adreslash rejimi. Registrlar yordamida adreslash rejimi. Registrlar yordamida bilvosita adreslash rejimi. Indeksli adreslash rejimi. Nisbiy indeksli adreslash rejimi. Stekli adreslash rejimi. Dasturni ishlashi davomida undagi buyruqlarning bajarilish ketma- ketligi - boshqarish oqimi deb ataladi. O‘tishlar va dastur osti dasturlarini chaqirishlar bo‘lmasa, buyruqlar xotiraning ketma-ket yacheykalaridan chaqirib olinib bajariladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling