Operativ byudjet Reja


-rasm. Budjet tuzilishining tarkibi


Download 2.03 Mb.
bet4/9
Sana21.10.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1714924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Operativ byudjet

1-rasm. Budjet tuzilishining tarkibi


Budjet tuzilishining qanday tuzilganligi mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga va hukumat organlarining vakolatlari taqsimotiga bog’liq bo’ladi. Markaziy hukumat bilan mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari (shtatlar, provinsiyalar, oblastlar, o’lkalar kabi) o’rtasida hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga ko’ra barcha davlatlar unitar va federativ (federativ davlatlarda davlat tuzilishining ikki shakli – federativ va konfederativ davlat tuzilishi mavjud) davlatlarga bo’linadi. Unitar va federativ (konfederativ) davlat tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari quyidagi chizmada aks ettirilgan.
Unitar (yagona) davlat – bu tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklar
(tuzilmalar) o’z davlatchiligiga yoki muxtoriyatiga ega bo’lmaydigan davlat tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo’lgan huquq tizimi va yagona hokimiyat organlari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni markazlashtirilgan boshqarish tizimi amal qiladi.


2-rasm. Ikki pog’onali budjet tizimi amal qiladigan Unitar davlatlar.
Unitar davlatlarga Qozog’iston, Yaponiya, Shvetsiya, Fransiya, Polsha, O’zbekiston kabi davlatlar kiradi.
Federativ asosda tarkib topgan davlatlarda uch pog’onali Budjet tizimi amal qiladi:

  • federal budjet (turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan: davlat budjeti, markaziy budjet, federal budjet);

  • federatsiya sub’yekt(a’zo)larining budjetlari;  mahalliy (munitsipal) Budjetlar.

Federativ tipdagi davlatlarga Rossiya Federatsiyasi, Germaniya Federativ Respublikasi, AQSh, Kanada, Meksika, Avstriya kabi davlatlar kiradi.
Jahon amaliyotida davlat tuzilishining shakllariga mos ravishda bir qancha Budjet tuzilishi modellari amal qiladi:

  • markazlashmagan model;

  • markazlashgan model;

  • aralash model.

Budjet tuzilishining markazlashmagan modelida markaziy va mahalliy budjetlar avtonom (mustaqil) bo’lib, ularning har biri o’z xarajatlarini to’liq qoplay oladigan daromad manbalariga ega bo’ladi.
Markazlashgan model barcha darajadagi budjetlarni yagona davlat budjetida birlashtirishni nazarda tutadi, bunda markaziy budjet barcha mahalliy budjetlar uchun (daromadlilik darajasini) tartibga soluvchi vazifani bajaradi.
Budjet tuzilishining aralash modeli barcha darajadagi Budjetlarni yagona davlat budjetida birlashtirishni nazarda tutadi, lekin bunda har bir yuqori turuvchi Budjet quyi budjetlarning daromadlilik darajasini tartibga solish vazifasini bajargani holda, har bir mahalliy budjetning ham o’z xarajatlarini qoplashga mo’ljallangan o’z daromad manbalari mavjud bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining Budjet tuzilishi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har yili qabul qilinadigan “O’zbekiston Respublikasining davlat Budjeti to’g’risidagi” Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari prognozlari to’g’risida”gi Qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida belgilanadi.
Budjet birinchi navbatda aniq olingan vaqt davomida daromadlar va xarajatlarni prognoz qiladi. U shu bilan birga asosli huquqlar asosida xarajatlar qilish va daromadlarni yig’ish demakdir. Davlat budjeti o’zining resurslari hisobi va bu resurslarni ma’muriy va ijtimoiy talablar uchun katta miqdordagi xarajatlarning qoplanishidir. E.Bukning fikriga ko’ra, budjet 3 ta komponentdan tashkil topgan: moliyaviy reja; bajariladigan ish tartibini tuzish, tasdiqlash, rejani ijro etish va nazorat qilish; va ayrim hukumat vakillari bu har bir rejani bajarishga va shu tartibda ijro etishga ma’suldirlar.”
Budjet xususiyatlari:

  • Bu o’tgan tajriba asosida ishlab chiqilgan tizimli, tashkiliy va ijroiy reja va dasturdir.

  • Bu aniq reja emas, lekin amaliy ish uchun qonuniy metoddir.

  • Budjet hisobi taxminiy farazlarga asoslanmasligi va xolisona haqiqiy hisob-kitoblarga asoslangan holda bo’lishi lozim.

  • Hukumatning barcha yillik daromadi va xarjatlarini qadamba-qadam tizimli ko’rsatishi lozim.

  • Budjet muvofiqlashtirilgan mukammal hisob-kitobdir.

  • Umuman, bu moliya yili bilan mos keluvchi yillik rejadir.

  • Budjet tayyorgarligi va taqdimotini xususiy bo’lmagan a’zo budjetni qonuniy taqdim etish imtiyoziga ega.

  • Parlamentar demokratik budjet qonuniy sanksiyalardan oldin qo’yiladi.

  • Sanksiyalar e’loni xarajatlarni samarali boshqaradi.

Budjet tizimining yagonaligi printsipi budjet hujjatlari va budjet hisobotlarining shakllari, budjet tasnifi yagona bo’lishi hamda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, budjet hisobini yuritish va budjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutishini anglatadi.


Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling