Operatsion sistemalar


Download 24.24 Kb.
bet2/3
Sana11.10.2023
Hajmi24.24 Kb.
#1697584
1   2   3
Bog'liq
OPERATSION SISTEMALAR

Faylning to`liq nomi
Faylning to`liq nomi deb, faylning quyidagi ko`rinishiga aytiladi: Disk:/ Yo`l / Fayl nomi. Demak, faylning to`liq nomi - disk nomi, fayl joylashgan kataloggacha bo`lgan yo`l va fayl nomidan tashkil topar ekan. Bu yerda disk nomi ko`rsatilmasa joriy disk, agar yo`l ko`rsatilmasa joriy katalog tushuniladi. Masalan:A: a.txt -A: diskning joriy katalogidagi a.txt faylini;
A:/a.txt -A: diskning tub katalogidagi a.txt faylini;
User/ a.txt -joriy katalogning User katalogidagi a.txt faylini bildiradi.
Niqob belgilaridan foydalanish
Ba'zan, bitta buyruq yordamida biror bir umumiylik belgisi bilan bir xil bo`lgan barcha fayllar ustida ish olib borishga to`g`ri keladi. Masalan, faqat .txt kengaytmali fayllarni yoki ma'lum bir harf bilan boshlanuvchi ixtiyoriy kengaytmali fayllarni yoki joriy katalogdagi barcha fayllarni ajratib bosmaga chiqarish, nusxa olish va o`chirish kabi amallar. Mana shunday hollarda niqob belgilari deb aytiluvchi * va ? belgilaridan foydalaniladi. Bunda, «*» belgisi fayl nomi yoki kengaytmasidagi ixtiyoriy belgilar sonini, «?» belgisi esa faqatgina bitta belgini ifodalaydi. Masalan:
*.bak -joriy katalogdagi .bak kengaytmali barcha fayllarni;
c*.txt -barcha «s» harfi bilan boshlanuvchi .txt kengaytmali fayllarni;
*.* -joriy katalogdagi barcha fayllarni;
a???.* -ixtiyoriy kengaytmali, nomlari «a» dan boshlanuvchi va uzunligi 4 ta xonadan oshmaydigan fayllarni ifodalaydi.
NORTON KOMMANDER- MS DOS operatsion sistemasining programma qobig`i bo`lib, u foydalanuvchilar uchun operatsion sistema bilan muloqot davrida qulay vositachi vazifasini bajaradi. Ma'lumki, MS DOS operatsion sistemasida ishlash uchun maxsus komandalar mavjud. Operatsion sistema bilan muloqotda bo`lish uchun klaviatura orqali uning kerakli komandasi va komanda parametrlari kiritilishi lozim. Buning uchun foydalanuvchi MS DOSning komandalarini va uning parametrlarini yaxshi bilishi, komandalarini bexato kirita olishi kerak. Bu shartlar foydalanuvchilar oldiga qo`shimcha talablarni qo`yadi, chunki bu komandalarni doimo eslab yurish, tashqi qurilmadagi foydalanuvchilar fayllarining nomlarini, ularning qaysi kataloglarda joylashgan ekanini yodda saqlay bilish ancha murakkab ishdir. Keyingi vaqtda foydalanuvchilarning operatsion sistemada ishlashini yengillashtirish uchun ko`pgina qobiq programmalar ishlab chiqarildi. Bunday qobiq programmalar foydalanuvchilar va operatsion sistema o`rtasida vositachi vazifani bajarib, ular foydalanuvchilar uchun maxsus qulay operatsion muhit yaratib beradi. Qobiq programma yaratib bergan maxsus operatsion muhit MS DOS operatsion sistemasida bevosita ishlashga nisbatan ancha afzalliklarga ega, chunki u foydalanuvchiga meny rejimida, ya'ni kiritilishi lozim bo`lgan komandani komandalar ro`yxatidan tanlash, ish bajarayotgan obyektlarni doimo ekranda ko`z oldida bo`lishini ta'minlash va boshqa ko`pgina qulayliklarni yaratib beradi. Bunday qobiq programmalarga misol qilib
Download 24.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling