Operatsion tizim
Shina topologiyasi tarmoqlarining afzalliklari
Download 29.46 Kb.
|
Savollar va javobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yulduz topologiyasi
- Halqa topologiyasi
- Mesh topologiyasi
Shina topologiyasi tarmoqlarining afzalliklari:
Kabel iste’moli sezilarli darajada kamayadi; Tugunlardan birining ishdan chiqishi butun tarmoqning ishlashiga ta’sir koʻrsatmaydi; Tarmoqni sozlash oson; Tarmoq alohida tugunlarning ishdan chiqishiga chidamli. Shina topologiyasi tarmoqlarining kamchiliklari: Kabelning uzilishi butun tarmoqning ishlashiga ta’sir koʻrsatishi mumkin; Kabel uzunligi va ish stantsiyalari soni cheklangan; Kabel ulagichlari bilan bogʻliq muammolar tufayli tarmoqning ishonchliligi yetarli darajada emas; Barcha abonentlar oʻrtasida boʻlinishi tufayli kanal past tempda ishlashi mumkin Yulduz topologiyasiYulduz topologiyasi Yulduz topologiyasi asosida qurilgan tarmoqda har bir ish stansiyasi simi (burma juftlik) orqali markaziy konsentratorga yoki habga (inglizcha: hub) ulanadi. Hab shaxsiy kompyuterning parallel ulanishini ta’minlaydi va buning natijasida tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar bir-biri bilan aloqa qilishlari mumkin. Uzatuvchi tarmoq stansiyasidan ma’lumotlar hab vositasida mavjud aloqa liniyalari orqali barcha shaxsiy kompyuterlarga uzatiladi. Ma’lumotlar barcha ish stansiyalariga tarqatiladi, biroq u faqat moʻljallangan stansiyalar tomonidangina qabul qilinadi. Fizik yulduz topologiyasida signalizatsiya uzatilinishi, ya’ni shaxsiy kompyuter signallari bir vaqtning oʻzida barcha yoʻnalishlarda tarqalgani bois, bu lokal tarmoqning mantiqiy topologiyasi mantiqiy shina hisoblanadi. Ushbu topologiya 10Base-T Ethernet arxitekturasiga ega mahalliy tarmoqlarda qoʻllaniladi. Yulduz topologiyasi tarmoqlarining afzalliklari: Yangi kompyuterni ulash oson; Мarkazlashgan boshqaruv imkoniyati mavjud; Тarmoq alohida shaxsiy kompyuterlarning ishdan chiqishiga va alohida shaxsiy kompyuterlarning uzilishiga chidamli. Yulduz topologiyasi tarmoqlarining kamchiliklari: Habning ishdan chiqishi butun tarmoqning ishlashiga ta’sir oʻtkazadi; Koʻp kabel sarflanadi. Halqa topologiyasi„Halqa“ topologiyasiga ega boʻlgan tarmoqda barcha tugunlar aloqa kanallari orqali ma’lumotlar uzatiladigan ajralmas halqa(zanjir)ga ulanadi. Bir shaxsiy kompyuterning chiqishi boshqa shaxsiy kompyuterning kirishiga ulanadi. Bir nuqtadan boshlangan ma’lumotlar harakati oxir-oqibat uning boshiga tutashadi. Halqadagi ma’lumotlar har doim bir xil yoʻnalishda harakatlanadi. thumb| Halqa topologiyasi Qabul qiluvchi ish stansiyasi faqat unga yuborilgan xabarni taniydi va qabul qiladi. Fizik halqa topologiyali tarmoqda tokenga kirish qoʻllaniladi, bu esa stansiyaga halqadan ma’lum tartibda foydalanish huquqini beradi. Ushbu tarmoqning mantiqiy topologiyasi mantiqiy halqadir. Uni yaratish va sozlash juda oson. Halqa topologiyasi tarmoqlarining asosiy kamchiligi shundaki, aloqa liniyasining bir joyda shikastlanishi yoki shaxsiy kompyuterning ishdan chiqishi butun tarmoqning ishlamay qolishiga olib keladi. Qoidaga koʻra, „halqa“ topologiyasi ishonchsizligi sababli u sof shaklda qoʻllanilmaydi, shu sababli amalda halqa topologiyasining turli xil modifikatsiyalari qoʻllaniladi. Mesh topologiyasiUshbu topologiya ba’zi havolalarni olib tashlash orqali toʻliq bogʻlangan topologiyadan kelib chiqgan. U koʻp sonli kompyuterlarni ulash imkonini beradi va katta tarmoqlar uchun odatiy hisoblanadi. Bundan tashqari, quyidagi qoʻshimcha ulanish usullari ham mavjud: ikki tomonlama halqa topologiyasi Panjara Daraxt Fat tree Kloz tarmogʻi Download 29.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling