Operatsion tizimlar (4 soat) Operatsion tizimlarla jarayon tushunchasi 2-3-Ma’ruza Reja


Download 18 Kb.
bet1/7
Sana03.11.2023
Hajmi18 Kb.
#1743102
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-Ma\'ruza

OPERATSION TIZIMLAR


(4 soat)
Operatsion tizimlarla
jarayon tushunchasi
2-3-Ma’ruza

Reja:

2.1. Jarayon tushunchasi.

2.2. Jarayon holati.

2.3. Jarayonlar ustidagi amallar.

2.4. Jarayonlarni rejalashtirish.

2.5. Rejalashtirish ko‘rsatkichlari va algoritmlari.

Jarayon tushunchasi

Operatsion tizimlarning ishini o‘rganishda asosiy tushunchalardan biri bo‘lib, ustida tizim aniq amallar bajaradigan asosiy dinamik ob’ektlar sifatida olinadigan jarayonlar xisoblanadi.

Jarayon xolati

Jarayon xolati - ko‘pincha adabiyotlarda soddalashtirish uchun, jarayonni bajarilish vaqtidagi dasturni xarakterlaydigan abstraksiya sifatida olish tavsiya etiladi.

Jarayon OT boshqaruvi ostida xisoblanadi. Bunday qabul qilishda xisoblash tizimlarida bajariladigan xamma narsa(faqat foydalanuvchi dasturlarigina emas, balki OTning ham ma’lum ismlari ham) jarayonlar to‘plami sifatida tashkil qilingandir.

Bir protsessorli kompyuter tizimida vaqtning har bir momentida faqat bitta jarayon bajarilishi mumkin. Multidasturli xisoblash tizimlarida bir nechta jarayonni psevdaparallel qayta ishlash protsessorni bir jarayondan ikkinchisiga o‘tkazish yordamida amalga oshiriladi. Bir jarayon bajarilguncha, qolganlari o‘z navbatini kutadi.

Ko‘rinib turibdiki har bir jarayon minimum ikki xolatda bo‘lishi mumkin:

Jarayon bajarilmoqda va jarayon bajarilmayapti. Bunday modeldagi jarayonlar xolati diagrammasi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.

Jarayon holatini eng oddiy diagrammasi


Jarayon bajarilmayapti
Jarayon
bajarilmoqda
Bajarishga olindi
↓ ↓

To‘xtatildi

Bajarilayotgan xolatdagi jarayon, ma’lum vaqtdan so‘ng OT tomonidan tugallanishi, yoki to‘xtatilishi va yana bajarilmayapgan xolatga o‘tkazilishi mumkin. Jarayon to‘xtatilishi ikkita sabab bilan ro‘y berishi mumkin: uni ishini davom ettirishi uchun biror bir xodisa talab etilsa, (masalan, kirish –chiqish operatsiyasini tugallash) yoki OT tomonidan ish jarayon uchun ajratilgan vaqt tugaganda ro‘y beradi. Shundan so‘ng OT belgilangan algoritm bo‘yicha bajarilmayapgan xolatidagi jarayonlardan birini tanlaydi va bu jarayonni bajarilayapgan xolatga o‘tkazadi. Tizimda paydo bo‘layapgan yangi jarayon, boshqa jarayon bajarilmayapgan xolatga o‘tkaziladi.


Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling