Operatsion Tizimlar Mustaqil ish tt 11-20 s ravshanov Javohir Mavzu


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana03.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1742514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Opertasion tizimlar

Xotira va uning turlari 
 Xotira kompyuterda programmalar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan 
qurilma. Xotiraning turlari ko’p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video. 
Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bolib, protsessor undan amallarni bajarish 
uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter ochirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan 
programmalar va berilganlar yoq bolib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki 
disklarda saqlab qolish kerak. Kompyuter ishlab turganda elektr tokini 
ogohlantirmasdan ochirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha 
turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot 
birligining eng kichik olchovi sifatida bayt qabul qilingan bolib, 1 bayt 8 bit (ikkilik 
raqam)ga teng. 
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U 
tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bolib, uning yordamida amallar 
bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning 
uchun kompyuter xotiraning koproq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada 


saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli programma 
va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor 
xotiradagiga nisbatan ancha kam bolgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha 
kam 
boladi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) 
saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) 
kompyuter xotirasida kop joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta 
bolsa, shuncha yaxshi albatta.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling