Operatsion Tizimlar Mustaqil ish tt 11-20 s ravshanov Javohir Mavzu


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana03.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1742514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Opertasion tizimlar

Tayanch iboralar: Berilganlar massivi tushunchasi, ko‘p o‘lchamli 
statik massivlar, ko‘p o‘lchamli massivlarni initsializatsiyalash, 
matrtsa,indeks,xotira,dinamik massivlar , funksiya,massivlar. 
 
C++ da o‘zgaruvchilar yo statik - kompilyatsiya paytida, yo standart 
kutubxonadan funksiyalarni chaqirish yo‘li bilan dinamik - dasturning 
bajarilish paytida, joylanishi mumkin. Bu usullarni ishlatishning asosiy 
farqi ularning effektivligida va moslanuvchanligidadir. Statik joylashtirish 


birmuncha effektivroq,chunki xotira ajratish dastur bajarilishidan oldin 
bajariladi. Ammo uning moslanuvchanligi ancha pastroq, chunki bu holda 
biz joylashtiriladigan ob’yektlarning turlari va o‘lchamlarini oldindan 
bilishimiz zarur.Masalan, matn fayllarni qatorlarning statik massivida, 
uning o‘lchamini oldindan bilish zarurligidan, joylashtirish ancha qiyin. 
Ayniqsa, oldindan noaniq sonli elementlarni saqlash va qayta ishlash 
bilan bog‘liq masalalar uchun xotirani dinamik taqsimlash usulidan 
foydalanish qulay. 
Xotirani statik va dinamik taqsimlash o‘rtasidagi asosiy farq quyidagilar: 
Statik ob’yektlar nomlangan o‘zgaruvchilar bilan belgilanadi. Shu 
sababli bunday ob’yektlar ustida amallar bevosita ularning nomlarini 
ishlatish orqali amalga oshiriladi. Dinamik ob’yektlar shaxsiy nomga ega 
bo‘lmaydi, ular ustidagi amallar bilvosita, ya’ni ko‘rsatkichlar yordamida 
bajariladi; 
Statik ob’yektlar uchun xotira ajratish va bo‘shatish kompilyator 
tomonidan avtomatik ravishda bajariladi. Dasturchining bu haqda bosh 
qotirishi shart emas.Dinamik ob’yektlar uchun xotira ajratish va 
bo‘shatish butunligicha dasturchining zimmasiga tushadi. Bu esa hal 
qilishda 
xatoga 
yo‘l 
qo‘yish 
mumkin 
bo‘lgan 
murakkab 
masaladir.Dinamik ajratilgan xotira bilan ish ko‘rish uchun new va delete 
buyruqlaridan foydalaniladi.Shu paytgacha barcha misollarda xotirani 
statik ajratish usulidan 
foydalanilib kelindi. Masalan, i o‘zgaruvchini aniqlash quyidagicha 
bajarilar edi: 
int i = 1024; 
Bu buyruq xotirada int turidagi o‘zgaruvchini saqlash uchun zarur bo‘lgan 
soha ajratadi, bu sohani I nom bilan bog‘laydi va u joyga 1024 qiymatni 
yozib qo‘yadi. Bularning barchasi dasturning bajarilishigacha bo‘gan 
kompilyatsiya paytida bajariladi.O‘zgaruvchi uchun joy ajratishning yana 
bir usuli mavjud bo‘lib, u new buyrug‘ini ishlatish yordamida 


bajariladi.newbuyrug‘i ikkita shaklga egabo‘ladi. Birinchi shaklda aniq 
turli birlik ob’yekt uchun joy ajratadi: 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling