Operatsion tizimlar tarixi


Mobil operatsion tizimlar


Download 124.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana28.12.2022
Hajmi124.72 Kb.
#1022837
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Operatsion tizimlar tarixi - Vikipediya

Mobil operatsion tizimlar
Hozirgi vaqtda foydalanuvchilarning qiziqishini turli xil operatsion tizimlarda ishlaydigan
smartfonlar
jalb qilmoqda: Windows Phone, Boda, 
iOS
shular jumlasidandir. Ulardan eng
mashhurlari iOS va 
Android
boʻlib turibdi.
IOS — bu Amerikaning Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Linux yadrosiga
asoslangan mobil operatsion tizimdir. U dastlab 2007-yilda iPhone va iPod Touch uchun
chiqarilgan. Hozirda u barcha Apple qurilmalariga oʻrnatilgan. Mobil Safari brauzeri, vizual ovozli
pochta, virtual klaviatura kabi yangiliklar iOSʼni smartfonlar uchun eng mashhur tizimlardan biriga
aylantirdi.
Android eng dinamik rivojlanayotgan tizim boʻlib, smartfonlar (dastlab kommunikatorlar uchun)
uchun ishlab chiqilgan. Bu sensorli ekranga qaratilgan statsionar shaxsiy kompyuterlar va
noutbuklarda ishlatiladigan shunga oʻxshash Windows va Linux tizimlarining soddalashtirilgan
versiyasidir. Android platformasi operatsion tizim, dasturiy interfeys va kuchli ilovalarni oʻz
ichiga oladi.
Chrome OS
kichik netbuklardan tortib to toʻliq oʻlchamli ish stollarigacha boʻlgan qurilmalar
uchun operatsion tizim sifatida sotiladi va x86 hamda ARM protsessor arxitekturasini qoʻllab-
quvvatlaydi.
Yangi Google Chrome OS optimallashtirilgan Linux yadrosiga asoslangan ochiq manba
hisoblanadi va Chrome brauzeri tomonidan boshqariladi. Asosiy xususiyat veb-ilovalarning oddiy
operatsion tizim funksiyalaridan ustunligidadir. Bunda asosiy rol brauzerga yuklangan.
Yangi mahsulotni yaratish strategiyasi Internetga kirish uchun foydalaniladigan shaxsiy
kompyuterning apparat resurslariga mos kelmaydigan arxitekturani nazarda tutadi.


Tizim tomonidan ishga tushirilgan barcha ilovalar veb-xizmatlardir. Aslida, kompyuterda sodir
boʻladigan barcha harakatlar Internetda amalga oshiriladi, shu bois hech qanday oflayn ilovalarni
oʻrnatishga hojat yoʻq. Shu munosabat bilan, Chrome OSʼda ishlash kompyuterning kuchli
resurslarga ega boʻlishini talab qilmaydi, barcha jarayonlar kompyuterning oʻzida emas, balki
tegishli xizmatlarning serverlarida ishga tushiriladi
[8]
. Biroq bu tizim internet bilan muammosi bor
foydalanuvchilarda muammo tugʻdirishi mumkin.
1. History and Evolution of Operating Systems // URL: 
http://lloogg.com/history-and-evolution-of-
operating-systems
2. P. Brinch Hansen, The evolution of operating systems. In Classic Operating Systems: From Batch
Processing to Distributed Systems, P. Brinch Hansen, Ed. Copyright (c) 2000, Springer-Verlag, New
York.
3. Operatsionnie sistemi vichislitelnix mashin // bourbai [2019]. URL:
http://bourabai.ru/os/lecture01.htm
4. Operatsionnie sistemi meynfreymov // Lawbooks [2019]. Data izmeneniya: 05.04.2015. URL:
https://lawbooks.news/windows_952/operatsionnyie-sistemyi-meynfreymov-66259.html
5. Istoriya razvitiya UNIX // Vanderboot [2019]. Data izmeneniya: 04.12.2014. URL:
http://www.vanderboot.ru/soft/unix.php
История развития операционной системы OS/2 // Refdb. URL: 
https://refdb.ru/look/2495394-
p2.html
7. ИСТОРИЯ WINDOWS. // Компьютер для чайников [2015–2019]. URL: 
https://www.pc-
school.ru/istoriya-windows/
 
Arxivlandi (https://web.archive.org/web/20211117190519/https://ww
w.pc-school.ru/istoriya-windows/)
 2021-11-17
 Wayback Machine
 saytida.
Эволюция операционных систем или как это было и как будет // habr [2006–2019]. URL:
https://habr.com/ru/sandbox/63209/
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
 
Malikxan
 tomonidan amalga oshirildi
title=Operatsion_tizimlar_tarixi&
oldid=3028575
" dan olindi

Download 124.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling