Operatsion tizimlarda fayl tizimi tushunchasi. Fat, vfat va fat32, hpfs va ntfs fayl tizimlari


Download 67.5 Kb.
bet2/5
Sana23.12.2022
Hajmi67.5 Kb.
#1045533
1   2   3   4   5
Bog'liq
Operatsion tizimlarda fayl tizimi tushunchasi

FAT fayl tizimi.
FAT fayl tizimi, o‘z nomiga quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan oddiy jadval orqali ega bo‘lgan:
- fayl yoki uning fragmentlari uchun ajratilgan, mantiqiy diskning bevosita adreslanuvchi qismlari (uchastkalari);
- disk makoni bo‘sh sohalari;
- diskning defektli sohalari (bu sohalar defekt joylariga ega bo‘lib, ma'lumotlarni o‘qish va yozishni xatosiz bajarishga kafolat bermaydi).
FAT fayl tizimida, ixtiyoriy mantiqiy disk ikki sohaga: tizimli soha va ma'lumotlar sohasiga bo‘linadi.
Mantiqiy disk tizimli sohasi, formatlash vaqtida initsiallashtiriladi, keyinchalik esa, fayl strukturasi bilan ishlaganda yangilanadi. Mantiqiy disk, ma'lumotlar sohasi oddiy fayl va fayl kataloglarni o‘z ichiga oladi; bu ob'yektlar iyerarxiyani tashkil etadi, bu ob'yektlar ildiz katalogga bo‘ysunadi.
Katalog elementi fayl ob'yektini tavsiflaydi, u oddiy fayl yoki fayl- katalog bo‘lishi mumkin. Ma'lumotlar sohasiga, tizimli sohadan farqli ravishda, OT ning foydalanuvchi interfeysi orqali murojaat qilinadi. Tizimli soha quyidagi tashkil etuvchilardan iboratdir (mantiqiy adres sohasida ketma-ket joylashgan):
- yuklanish yozuvi (Boot Record, BR);
- rezervlangan sektorlar (Reserved. Sectors, Res.Sec);
- fayllarni joylashtirish jadvali (FAT);
- ildiz katalog (Root Directory, R Dir).


Fayllarni joylashtirish jadvali
Fayllarni joylashtirish jadvali, juda muhim ma'lumotlar strukturasidir. Aytish mumkinki, u, ma'lumotlar sohasining holati va uning u yoki bu fayl ob'yektiga mutanosibligi tavsiflanadigan ma'lumotlar sohasi adres kartasidan iborat.
Ma'lumotlar sohasi, klasterlarga bo‘linadi. Klaster bu mantiqiy disk adres makonida bir yoki bir nechta ayqash sektorlardan iboratdir (aniqrog‘i-faqat ma'lumot sohasida). Klaster, faylga ajratiladigan, xotira diskining adreslanadigan minimal birligidir. Klasterlar, mantiqiy diskning am'lumotlar sohasidagi adreslanadigan birligi sonini kamaytirish uchun kiritilgandir.

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling