Operatsion tizimlari fanidan


Server qismi (Server back-end)


Download 166.87 Kb.
bet17/46
Sana10.11.2023
Hajmi166.87 Kb.
#1765442
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
Bog'liq
Operatsion tizimlari fanidan-fayllar.org

Server qismi (Server back-end) – katta ishonchlilik va katta resurslar hajmini taqdim etish maqsadlarida bitta server o‘rniga ishlatiladigan server kompyuterlarning lokal tarmoqqa birlashtirilgan guruhi hisoblanadi. Bunga yaqin bo‘lgan boshqa atama ma’lumotlarga ishlov berish markazi (data center) hisoblanadi. Bu tushuncha bulutli hisoblashlarning yanada keng tarqalishi bilan juda dolzarb, bu nuqtai nazardan eng zamonaviy mijoz-server o‘zaro ta’sirlashishi hisoblanadi.
Klasterli hisoblash tizimlari va ularning OTlari
Kompyuterlar klasterlari ilmiy hisoblashlar uchun juda ommalashgan. Kompyuterlar klasterlari tezkor lokal tarmoq orqali bog‘lanadi. Klasterlashtirish ikki yoki undan ortiq tizimlarga umumiy xotiradan foydalanishga imkon beradi. Klasterlashtirish yuqori ishonchlilikni ta’minlaydi. Klasterli hisoblash tizimi ko‘rinishi 1.5- rasmda keltirilgan.

1.5- rasm. Klasterli hisoblash tizimi ko‘rinishi


Kompyuterlar klasterlari quyidagi ikkita turlarga bo‘linadi:
  1. assimmetrik klasterlashtirish (asymmetric clustering) – bitta kompyuter ilovani bajaradi, qolganlari esa turib qoladigan kompyuterlar klasterini tashkil etish;


  2. simmetrik klasterlashtirish (symmetric clustering) – klasterning barcha mashinalari bir vaqtda bitta katta ilovaning turli qismlarini bajaradigan kompyuterlar klasterini tashkil etish.


Shuningdek, quyidagilarga bo‘linadi:


  1. yuqori tezlikli ulanishli klasterlar (high-availability clusters) – klaster kompyuterlari resurslariga, masalan, ma’lumotlar omborlariga optimal ulanishni ta’minlaydigan kompyuterlar klasterlari;


  2. yuklanish balanslanadigan klasterlar (load-balancing clusters) – so‘rovlarni balanslaydigan (front-ends), serverlar qismlari (server back-end) kompyuterlari orasida topshiriqni taqsimlaydigan bir necha kompyuterlarga ega bo‘lgan kompyuterlar klasterlari.


Klasterlar ko‘pincha universitetlarda va tadqiqotlar markazlarida (masalan, CERN, Shveytsariya) o‘rnatilgan. Klasterlar uchun operatsion tizimlarga Windows 2003 for clusters, Windows 2008 High-Performance Computing kiradi.



Download 166.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling