Operatsion tizimlari fanidan


Xavfsizlik ma’lumotnoma monitori


Download 166.87 Kb.
bet44/46
Sana10.11.2023
Hajmi166.87 Kb.
#1765442
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
Operatsion tizimlari fanidan-fayllar.org

Xavfsizlik ma’lumotnoma monitori (security reference monitor): kirishni boshqarish qoidalarini va auditni shakllantirishni ta’minlaydi. Windows barcha himoyalangan obyektlar fayllar, jarayonlar, xotira maydonlari, kiritish/chiqarish qurilmalari uchun kirishni boshqarish va tekshirish uchun bir xil usullardan foydalanadi.


  • Virtual xotirani boshqarish (virtual memory management): virtual manzil, fizik xotira va diskdagi fayl sahifalarini boshqaradi. Jarayonning virtual manzillarini kompyuter xotirasidagi fizik sahifalarga joylashtiradigan qurilmalar va xotirani boshqarish tuzilmalarini boshqaradi.


  • Jarayon/oqim menejeri (process/thread manager): jarayon va oqim obyektlarini yaratadi, boshqaradi va o‘chiradi.


  • Konfiguratsiya menejeri (configuration manager): u tizim ro‘yhatga olishini joriy qilish va boshqarish uchun javobgardir, bu tizim parametrlari va har xil parametrlarning individual sozlamalari saqlanadigan ombor hisoblanadi.


  • Kengaytirilgan mahalliy protsedura chaqirig‘i vositasi (Advanced local procedure call (ALPC) facility): u xizmatlarni va quyi tizimlarni amalga oshiradigan mahalliy jarayonlar o‘rtasidagi aloqa uchun samarali jarayonlar protsedurasini chaqirish mexanizmini joriy etadi.


  • Foydalanuvchi rejimidagi jarayonlar (user mode processes). Windows foydalanuvchi rejimining to‘rtta asosiy turini qo‘llab-quvvatlaydi:


  • Tizimning maxsus jarayonlari (special system processes): seans menejeri, autentifikatsiya quyi tizimi, servis menejeri va tizimga kirish kabi tizimni boshqarish uchun zarur bo‘lgan foydalanuvchi rejimlari xizmatlari.


  • Xizmat ko‘rsatish jarayonlari (service processes): chop etish menejeri, hodisalarni ro‘yxatga olish, qurilma drayverlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan foydalanuvchi rejimlari, turli xil tarmoq xizmatlari va boshqalar. Xizmatlar Microsoft va boshqa dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari tomonidan tizimning funktsional imkoniyatlarini kengaytirish uchun ishlatiladi, chunki ular Windows tizimida fondagi foydalanuvchi rejimini boshqarishning yagona usuli hisoblanadi.



  • Download 166.87 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling