Operatsion tizimlari fanidan


Cho‘ntak kompyuterlari (handhelds) va ularning OTlari


Download 1.24 Mb.
bet19/45
Sana11.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1189397
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Bog'liq
QO\'LLANMA 2022

Cho‘ntak kompyuterlari (handhelds) va ularning OTlari
Bu sinfdagi qurilmalarga cho‘ntak personal kompyuterlari (ChPK) yoki Personal Digital Assistants (PDA) va mobil telefonlar kiradi. Bu sinfdagi kompyuterlarning o‘ziga xos xususiyatlari va muammolariga quyidaglar kiradi:

  • cheklangan xotira hajmi;

  • nisbatan sekin ishlaydigan protsessorlar: mobil qurilmalar uchun eng oddiy komandalarni bir necha sekundlarda bajarilishini kutish oddiy hol, bu noqulay;

  • monitorlar (displeylar) ekranlarining kichik o‘lchami, bu yerdan GUIni qo‘llash uchun maxsuslashtirilgan dasturiy ta’minot zarurati kelib chiqadi. Masalan, Java Micro Editionda (JME) mobil qurilmalar uchun Java versiyalarida GUIni ishlab chiqish uchun qulay AWT va Swing umumiy paketlaridan foydalanish zarur. Ularning o‘rniga JMEda ishlab chiquvchiga Java (JSE) standart nashri bilan moslashuvchan bo‘lmagan javax.microelectronics…lcdui turdagi maxsuslash-tirilgan paketlar taklif etiladi, bu kodni qurilmaning turiga, ba’zan esa ekranlarning turli o‘lchamlariga ega bo‘lgan mobil telefonlarning aniq bir modellariga bog‘liq bo‘ladi;

  • Internet orqali uncha yuqori bo‘lmagan aloqa tezligi. Masalan, mobil telefonlarning GPRS-modemi taxminan sekundiga 3-5 kilobayt – dial-up tezligidagi aloqani ta’minlaydi;

  • ma’lumotlarni uzatish uchun aloqa Bluetooth yoki IrDA (binobarin, u ko‘pincha bo‘lmaydi) orqali amalga oshiriladi. Barcha zarur portlar mavjud emas. Masalan, mobil qurilmalarning qismida USB port mavjud emas, ya’ni “fleshkadan” foydalanish mumkin emas, bu juda noqulay va Smart Media turdagi o‘ta kichik maxsus disklardan foydalanishga to‘g‘ri keladi, ular uchun stol kompyuterlarida o‘qish uchun adapterlar hamma vaqt ham bo‘lavermaydi.

Shunga qaramay, zamonaviy kommunikatsiya vositalari (masalan, Wi-Fi) va personal kompyuterlar bilan moslashuvchan portlar va tashqi xotira modullari cho‘ntak va mobil qurilmalarda ham ishlatila boshlanmoqda. Cho‘ntak va mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlar va boshqa tizim dasturiy ta’minotida bu barcha cheklashlarni, xususan, cheklangan xotira hajmini hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun qator qulay kundalik dasturiy imkoniyatlarni mobil qurilmalar uchun ta’qiqlashga to‘g‘ri keladi.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling