Operatsion tizimlarning ishini o`rganishda asosiy tushunchalardan biri bo`lib, ustida tizim aniq amallar bajaradigan asosiy dinamik ob’ektlar sifatida olinadigan jarayonlar xisoblanadi


Download 167.21 Kb.
bet1/6
Sana15.06.2023
Hajmi167.21 Kb.
#1479098
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
diagrammalari va jarayon diskriptori







MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI



“Dasturiy injiniring va raqamli iqtisodiyot” fakultetining


“Dasturiy injiniring” yo’nalishi


653-20 guruh talabasi

Operatsion tizimlar

qObilov Ozodbek
fanidan tayyorlagan
mustaqil ishi
Topshirdi: Qobilov O.
Qabul qildi: Sobirov M.
Farg’ona 2023
JARAYON HOLATI DIAGRAMMALARI VA JARAYON DISKRIPTORI

Reja:
I.Kirish
1. Jarayon holati
II.Asosiy qism

  1. Jarayonlar ustidagi amallar

  2. Rejalashtirish ko`rsatkichi va algoritmlarga talablar

  3. Rejalashtirish parametrlari

III. Xulosa
IV.Foydalanilgan Adabiyotlar Ro’yxati

Kirish
Operatsion tizimlarning ishini o`rganishda asosiy tushunchalardan biri bo`lib, ustida tizim aniq amallar bajaradigan asosiy dinamik ob’ektlar sifatida olinadigan jarayonlar xisoblanadi.
Jarayon tushunchasi.
OT tushunchasini qarab o`tganimizda, biz Ko`pincha “dastur” va “to`shiriq” so`zlarini Ko`p ishlatdik. Masalan, xisoblash tizimi bitta yoki bir nechta dasturni bajaradi, OT to`shiriqni rejalashtiradi, dasturlar ma’lumotlar almashadi va xokazo. Biz bu so`zlarni umumiy xolda ishlatdik va siz xar bir aniq xolda nimani tushunayatganingizni taxminan tasavvur qilar edik. Ammo bir xil so`zlar xar xil xolatda masalan, xisoblash tizimi ishlov bermaydigan statik xolatdagi ob’ektlarni xam (masalan, diskdagi fayllar) va ijro jarayonidagi bo`lgan dinamik xolatdagi ob’ektlarni xam bildirar edi. Bu xolat OT lar umumiy xossalari to`g`risida gapirganimizda, ya’ni uning ichki qurilmalari va o`zini tutishiga e’tibor berilmagan xolatda mumkin edi. Ammo endi zamonaviy kompyuter tizimlari ishini detallashgan xolda o`rganganimizda biz amallarni(terminologiyani) aniqlashttirishimizga to`g`ri keladi.
“Dastur ” va “to`shiriq” terminallari statik, faol bo`lmagan(neaktivniy) ob’ektlarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Dastur esa, bajarilish jarayonida dinamik, faol ob’ektga aylanadi. Uning ishlashi borasida kompyuter turli komandalarga ishlov beradi va o`zgaruvchilar qiymatlarini o`zgartiradi. Dastur bajarilishi uchun, OT ma’lum son operativ xotira ajratishi, unga kiritish chiqarish qurilmalarni va fayllarni bog`lashi, ya’ni butun xisoblash tizimi resurslari xisobidan ma’lum qismini rezervlab qo`yishi kerak. Ularning soni va konfiguratsiyasi vaqt o`tishi bilan o`zgarishi mumkin. Bunday kompyuter tizimlari ichidagi faol ob’ektlarni tavsiflash uchun “dastur” va “topshiriq” terminlari o`rnmga yangi “jarayon” terminini ishlatamiz.


Download 167.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling