tusga kiradi. Sil teshigi (kavemasi), bronxoektaz, o‘pkaning yemirilayotgan o‘smasi va infarktida o'pkadan qon ketishi kuzatilishi mumkin. U odatda kuchli yo‘tal bilan davom etadi. Yo‘tal vaqtida balg‘am bilan ajralayotgan qon yangi (yorqin qizil rangda) yoki o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Balg‘amdagi yorqin qizil rangli qon o‘pka sili, bronxogen rak, bronxoektaz kasalligi, o‘pka askaridozi, aktinomikozidan darak beradi. Krupoz zotiljamning II bosqichida eritrotsitlar yemirilishi va gemosiderin hosil bo‘lishi hisobiga balg'am zangsimon rangga (“zangli balg'am”) ega bo'ladi. O'pka infarktining ilk 2-3 kunida balg'amdagi qon yangi bo'lib, keyingi 7-10 kun davomida o'zgaradi. PNEVMOTORAKS Pnevmotoraks (yun. pneuma — havo, nafas va thorax — koʻkrak) — plevraning visseral (ichki) va pariyetal (tashqi) varaqlari oraligʻiga havo toʻplanishi; patologik holat. P. bir tomonlama yoki ikki tomonlama, toʻplangan havoning miqdoriga qarab qisman yoki toʻliq (total) boʻlishi mumkin, bunda oʻpka qisman yoki toʻliq kuchayadi (kollaps holatiga keladi). Ochiq, yopiq va klapanli P. ajratiladi. Agar nafas olganda havo plevra boʻshligʻiga erkin kirsa va nafas chiqarganda erkin chiqsa, ochiq P.; plevra boʻshligʻiga havo kirgan teshik berkilib qolsa va havo tashqariga chiqa olmasa, yopiq P. deyiladi. Nafas olganda havo plevra boʻshligʻiga kirsa-yu, nafas chiqarganda biror sabab bilan chiqmasa plevra bo'shligʻida havo bosimi ortib boradi, bu klapanli yoki vintelli P. deb ataladi.
Pnavmotoraks rentgenogrammasi
Kelib chiqishiga koʻra, travmatik, operatsion, spontan va sunʼiy P. farqlanadi. Travmatik P. kukrak qafasi yoki oʻpka toʻqimasi shikastlanishi natijasida, operatsion P. koʻkrak qafasi aʼzolarida xirurgik muolajalar oʻtkazilganda vujudga keladi. Spontan P. oʻz-oʻzidan, hech bir sa-babsiz koʻkrak qafasi va oʻpka toʻqimalarida jarohatsiz plevra boʻshligʻida havo toʻplanishi bilan kechadi. Lekin har bir holda ham oʻpkada kam ifodalangan oʻzgarishlar paydo boʻlishi isbotlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |