Spontan P. koʻproq20—40 yoshli erkaklarda, ayollarga nisbatan koʻproq uchraydi. Koʻpincha spontan P. oʻtkir yoki oʻrtacha oʻtkir tarzda kechadi. Toʻliq sogʻlom vaqtida fizik zoʻriqish taʼsirida, yoʻtal xurujidan keyin toʻsatdan koʻkrak qafasida kuchli ogʻriq, hansirash, quruq yoʻtal, yurak urishi, baʼzan sianoz paydo boʻladi. Klapanli P. kasallikning eng ogir shakli boʻlib, unda nafas va yurak faoliyati buzila-di; nafas yetishmasligi, ogʻriq va sianoz roʻyrost ifodalanadi. Bemor talvasa holatiga tushadi, nafas olish tez va yuzaki boʻladi. Davolash P. diagnozi koʻkrak qafasini fizikal tekshirish, plevrani punksiya qilish va rentgenoskopiya tahlillariga koʻra aniqlanadi. Bemor, asosan, kasalxonada davolanadi. Konservativ davo naf bermasa, xirurgik usul qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |