Optik analiz metodlari. Analizning boshqa fizikaviy metodlari Reja
Download 49.63 Kb.
|
optik analiz metodlari. analizning b
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Optik analiz metodlari. Analizning boshqa fizikaviy metodlari Reja: 1. Optik analiz metodlari. Eritmalar tomonidan yorug`likning yutilishi. 2. Fotoelektrokolorimetriyaning analitik kimyodagi o`rni. 3. Analizning boshqa fizikaviy metodlari Tayanch iboralar: yorug`likning yutilishi, fotoelektrokolorimetriya, fotometriya, Lambert- Ber qonuni Optik analiz usullari tekshirilayotgan moddaning optik ko’rsatkichlarini o’lchashga asoslangan. Tekshirilayotgan moddaning atom va molekulalariga ta’sir etuvchi elektromagnit nurlanish yutilishi, sochilishi va qaytishi mumkin. Ana shu o’zgarishlardal birortasi yordamida tekshirilayotgan moddaning tarkibi haqida xulosa chiqariladi. Qishloq xo’jaligi va biologiyaga taalluqli izlanishlarda optik analiz usullaridan biri kolorimetrik analiz keng qo’llaniladi. Turli ob’ektlar tarkibidagi mikroelementlar miqdori ana shu usul yordamida aniqlanadi. Kolorimetrik analiz o’ta sezgirligi va analiz o’tkazish uchun kerakli vaqtning qisqaligi bilan boshqa usullardan farq qiladi. Kolorimetrik analiz usulida aniqlanishi zarur bo’lgan komponent rangli birikmaga o’tkaziladn. Hosil bo’lgan rangning intensivligidan foydalanib aniqlanayotgan komponentnnng miqdori to’g’risida xulosa qilinadi. Masalan, biologik ob’ekt tarkibidagi Fe3+ kationi miqdorini aniqlash uchun temir (III) ioni eritmaga o’tkaziladi va unga NH4CNS eritmasidan qo’shiladi: Fe3++CNS-↔[Fe(CNS)]2+ Hosil bo’lgan kompleks ionlar eritmani qizil-qon rangga bo’yaydi (bu reaksiyaga temir (II) ionlari xalal bermaydi). Yuqorida bayon etilgan usulda Mn2+ mikroelementini xam aniqlash mumkin. Buning uchun Mn2+ kationi MnO anioniga qadar oksidlanadi. Ma’lumki, MnO anioni eritmada olcha rangda bo’ladi. Cu2+ kationini aniqlash uchun u NH4OH ta’sirida zangori rangli ion [Cu(NH3)4]2+ holiga o’tkaziladi. Tekshirilayotgan eritmalar tarkibidagi elementlar (temir, marganes va mis) miqdorini aniqlash uchun eritma rangining intensivligini «standart» eritmalar rangining intensizligiga solishtirish zarur. Standart eritmalar maxsus tayyorlanadi va ularning tarkibida aniqlanayotgan elementning konsentrasiyasi aniq bo’ladi. Download 49.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling