Optik analiz metodlari. Analizning boshqa fizikaviy metodlari Reja


Download 49.63 Kb.
bet4/6
Sana11.03.2023
Hajmi49.63 Kb.
#1258615
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
optik analiz metodlari. analizning b

Fotometriya usuli tekshirilayotgan modda tomonidan to’lqin uzunligi qat’iy aniq biror songa teng bo’lmagan nurlarning yutilishpga asoslangan. Turli moddalar o’z tabiatiga qarab spektrning har xil sohalarida maksimal nur yutish xususiyatiga ega. Masalan, ul`trabinafsha sohada (to’lqin uzunligi λ=200—380nm) ko’zga ko’rinadigan sohada (λ=380—760 nm) va infraqizil sohada (λ=760—2,5nm) tekshiriladi. Moddaning tabiatiga qarab eritma rangining intensivligini aniqlashni ultirabinafsha, ko’rinadigan va infraqizil sohalaridan birida o’tkaziladi. Bunday o’lchashlarni fotoelektrik kolorimetrlarda o’tkazish mumkin. Hozirgi kunda laboratoriyalarimizda vatanimizda ishlab chiqarilayotgan FEK = 56 M fotokolorimetri muvaffaqiyatbilan ishlatilmoqda.
Spektrofotometriya usulida tekshirilayotgan moddaga aniq to’lqin uzunlikdagi, ya’ni monoxromatik yorug’likningyutilishidan foydalaniladi. Eritmaning aniq rangini belgilashda monoxromator bilan jihozlangan spektrofotometrlardan foydalaiiladi.
Elementlarni spektrofotometriya, fotokolorimetriyava kolorimetriyausullari bilan aniqlash uchun rangi o’zgarish bilan sodir bo’ladigan har qanday reaksiyadan ham foydalanib bo’lavermaydi. Reaksiya tez amalga oshadigan va oxirigacha bora oladigan, reaksiya davomida o’ta seziluvchan rang paydo bo’lishi va uning intensivligi analiz o’tkazib bo’linguncha doimiy qiymatda saqlanadigan bo’lishi zarur.
Optik analiz usullariga spektrofotometriya, fotometriyava kolorimetriyadan tashqari nefelometriya, alanga fotometriyasi, atom absorbsion analiz usuli va lyuminessent analiz kabi usullar ham kiradi.
Nefelometriya usulida biror elementni aniqlash maqsadida tekshirilayotgan eritmaga maxsus reaktiv eritmasidan qo’shibloyqa hosil qilinadi. Tekshirilayotgan eritmaning loyqalanishintensivligi standart eritmaning loyqalanish intensivligi bilan solishtiriladi. Bunda probirkalardan, silindrlardan yoki maxsus asbob— nefelometr va fotonefelometrlardan foydalaniladi.Bu asboblarda eritmaning loyqalanish intensivligini o’lchashda fotoelementdanfoydalaniladi. Fotoelementga tekshirilayotgan loyqa eritmadagi zarrachalar tomonidan sochilgan nur tushadi. Zarrachalar konsentrasiyasi qancha ko’p bo’lsa, sochilgan nur intensivlngi shuncha yuqori bo’ladi.
Nefelometriya ham kolorimetriya singari aniqlanayotgan modda konsentrasiyasi tekshirilayotgan eritmaga qaraganda kam bo’lganxollarda qo’llaniladi.

Download 49.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling