Optik asboblar. Reja
Download 1.17 Mb.
|
jumagul fizika
Sinish qonuni. Tushuvchi nur singan nur va tushish nuqtasida ikki muhit chegarasiga o‘tkazilgan perpendikulyar bilan bir tekislikda yotadi, tushish burchagining sinusini sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan muhitlar uchun o‘zgarmas kattalik hisoblanadi:
, (2) bu yerda n21 – ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan nisbiy sindirish ko‘rsatkichidir. Ikki muhitning nisbiy sindirish ko‘rsatkichlari ularning absolyut sindirish ko‘rsatkichlarining nisbatiga tengdir: , (3) Muhitning absolyut sindirish ko‘rsatkichi elektromagnit to‘lqinning vakuumdagi tezligining muhitdagi fazaviy tezligiga nisbatiga tengdir: , (4) bu yerda ga teng, e va m – muhitning dielektrik va magnit singdiruvchanligidir. Sinish qonunini quyidagicha qayta ifodalash mumkin: , (5) Agarda, yorug‘lik katta sindirish ko‘rsatkichli n1 muhitdan o‘tib kichik sindirish ko‘rsatkichli n2 muhitda, misol uchun, shishadan suvga o‘tib tarqalsa, u holda 124 - rasm. Har xil sindirish ko‘rsatkichli muhitlar chegarasida sinish hodisasi. bo‘lib, singan nur normaldan uzoqlashadi va i2 sinish burchagi i1 tushish burchagidan katta bo‘ladi (124 – rasm). Tushish burchagi oshishi bilan sinish burchagi asta-sekin osha boradi va qandaydir chegaraviy tushish burchagi qiymatida (i1 - icheg. chegaraviy burchakda) sinish burchagi ga tenglashadi. i1 = icheg. holatda tushayotgan nur to‘liq qaytadi (125 - rasm). Demak, tushish burchagining icheg. qiymatlarida to‘la qaytish hodisasi kuzatiladi. Chegaraviy tushish burchagi shartdan topiladi. , (6) To‘la qaytish hodisasi, yorug‘lik optikaviy zich muhitdan zich bo‘lmagan muhitga o‘tganda, kuzatiladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling