Ular linzadan shunday sinib o’tadiki, ularlinzaning orqa tomonidagi fokal nuqtada kesishadi.
Odatda, yig‘uvchi linzadan farqli, sochuvchi linzalarda mavhum fokuslar mavjud bo‘ladi (130 - rasm).
130 – rasm. Sochuvchi linzada yorug‘lik nurining tarqalishi.
Linzaning optik kuchi ifodasidan foydalanib linzaning ifodasini quyidagicha yozish mumkin:
Sochuvchi linzalar uchun f va b masofalar manfiy hisoblanadi.
Linzalarda buyumning tasviri quyidagi nurlar orqali amalga oshiriladi:
· linzaning optik markazidan o‘tuvchi nur;
· bosh optik o‘qqa parallel yo‘nalgan nur (bu nur linzadan singanda linzaning ikkinchi fokusi orqali o‘tadi);
· linzaning birinchi fokusi orqali o‘tadigan nur (bu nur linzada singandan so‘ng, linzaning bosh optik o‘qiga parallel bo‘lib chiqadi).
Botiq yupqa linzadagi fokal nuqtalarning roli esa aksincha:
131 - rasmda yig‘uvchi linza orqali tasvirni tuzish usuli keltirilgan. Tasvir va buyumning chiziqli o‘lchamlari nisbati linzaning chiziqli kattalashtirishi deb ataladi.
131 – rasm.Yig‘uvchi linzada tasvirni hosil qilish.
Yorug‘lik nuri va uning manbalari jadalligini o‘lchash bilan shug‘ullanadigan optikaning bo‘limi – fotometriya deb ataladi. Fotometriyada quyidagi kattaliklar ishlatiladi:
· energetik kattaliklar – optik nurlanishning energetik parametrlarini tavsiflaydilar;
· yorug‘lik kattaliklari – yorug‘likning fiziologik ta’sirini tavsiflaydilar.
Boshida linzaning fokusi tomon yo’nalgan yorug’lik nurlari esa linza tomonidan tashqari tomonga yo’naltirib yuboriladi va linza o’qiga parallel harakatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |