ekan, nima uchun nanomanipulatorlar yaratishda tabiatdan foydalanib bo‘lmaydi?
Birorta mikrobni tutib olib uni nanoqismlar yaratishga o‘rnatish mumkin-ku.
Amerikalik olim Robert Xeyms aynan shunga intilmoqda. U tirik bakteriyalarni
elektromagnitik maydon bilan boshqarishni o‘rganib oldi.
2. Nanostrukturalarni ommaviy ishlab
chiqarish muammolarini yengib o‘tish
Zondli usullarga asoslangan nanotexnologiyalarning asosiy
qiyinchiligi yuqori texnologik mollarni ommaviy ishlab chiqarish
iloji yo‘qligidir. Nanotexnologiyalar imkoniyatlarini namoyish
qiluvchi natijalarga erishib boMindi. Nanoelektron sxemalarni
ommaviy ishlab chiqarish texnologiyasi (kremniy planar
texnologiyasiga o‘xshagan ) mavjud emas. Albatta,
nanofabrikalar bo‘lganda bu masala xal qilingan bo‘lar edi, lekin
ularning yaratilishiga hali uzoq vaqt kerakka o‘xshay-r di.
Shunga qaramasdan hozir ham nanostrukturalarni ommaviy
ishlab chiqarishni juda ko‘p porloq kelajakli yo‘nalishlari
rivojlanmoqda. Quyidagi usullarning bir nechtasini ko‘rib
chiqamiz.
3. Elektrik cho‘ktirish (elektroliz)
Galina Sirlina boshchiligidagi Rossiyadagi olimlar guruhi (MDU) nanotuzilmalar
olishning ajoyib usulini ishlab chiqdilar. Bu usul ularni ommaviy ishlab chiqarish
imkonini beradi. Bunday konstruksiyalarni xona temperaturasida turli xil metall
oksidlar nanokristallarini elektrik cho‘ktirish usuli bilan olinadi. Elektrikcho ‘ktirish
bu juda oddiy jarayon: metall oksidlarining elek trolit eritmadagi ionlari elektr
toki ta’sirida zaryadlangan elektrodlarga o‘tirib qoladi. O‘tayotgan tok qiymatini
o‘zgartirib oksidlar o‘sishini boshqarish va turli shakl hamda tuzilishli
nanokristallar olish mumkin. Oksidlar turlari juda ko‘p. Masalan, ruteniy oksididan
solishtirma elektrik sig‘imi 100 f/g bo‘lgan kondensatorlar tayyorlash mumkin. Bu
oddiy kunduzgi yorug‘lik chiroqlarida ishlatiladigan sig‘imlardan 100000 marta
kattadir. t Shunday nanokondensatorlarning bir jo‘madonida to‘plangan elektrik
zaryad energiyasi ulkan kemani joyidan qo‘zg‘itish yoki uni chaqmoq urib
shikastlash uchun yetarli bo‘lardi. Volfram oksidlaridan elektroliz yordamida
nitratlarni juda yaxshi sezuvchi sensorlar (bozorda selitra solinmagan sabzavot va
mevalar- , ni oson tanlash mumkin) va elektrokimyoviy energetika qurilmalari
tayyorlanadi. Bir elektrodga birin - ketin ikki xil metall oksidlarini o‘tkazib
mag nitik yozish uchun yoki elektroxrom qurilma (tok ta’sirida rangini o‘zgartiradi)
uchun ishlatiladigan bimetall nanokompozitorlar olinadi. Undan tashqari,
nanooksidlarni o‘tkazish yo‘li bilan Rossiya olimlari o‘ta yupqa yuqori
temperaturali o‘ta o‘tkazuvchan materiallar olishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |