Optika. Yorug‘likning tabiati


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#253939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Optika

yoqlama xarakterini aks ettiradi. 

 

GEOMETRIK OPTIKANING ASOSIY QONUNLARI. 

Optikaviy hodisalarning to'rtta asosiy qonuni qadim zamonlardan ma'lum:  




  Yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonuni; 

  Yorug'lik nurlarining mustaqilligi qonuni; 



  Yorug'likning qaytish qonuni; 

  Yorug'likning sinish qonuni. 



Bu  qonunlarni  o'rganishda  yorug'lik  nuri  tushunchasidan  foydalaniladi. 

Yorug‘lik  nuri  deb,  yorug‘lik  energiyasining  tarqalish  yo'nalishini  ko'rsatuvchi 

to'g'ri chiziqqa aytiladi.  

Bir  jinsli  muhitda  yorug'lik  to'g'ri  chiziq  bo'ylab  tarqaladi.  Bu  xulosa 

shaffofmas  jismlar  kichik  o'lchamli  manbalar  bilan  yoritilganda  hosil  bo'ladigan 

soyalarning  chegaralari  keskin  bo'lishidan  kelib  chiqadi.  Lekin  yorug'lik  o'lchami 

juda  kichik  bo'lgan  teshiklardan  o'tganda  (ya'ni 



d)  yorug'likning  to'g'ri  chiziq 



bo'ylab tarqalish qonuni o'z kuchini yo'qotadi.  

Yorug'lik  nurlarining  mustaqilligi  ular  o'zaro  kesishganda  bir-biriga  hech 

qanday  ta'sir  qilmasligidan  iboratdir.  Nurlarning  kesishishi  har  bir  nurning 

mustaqil ravishda tarqalishiga xalaqit bermaydi.  

Yorug'lik  ikki  shaffof  muhit  orasidagi  chegarani  kesib  o'tganda  tushuvchi 

nur  ikkita  nurga  qaytgan  va  singan  nurlarga  ajraladi.  Bu  nurlarning  yo'nalishi 

yorug'likning qaytish va sinish qonunlaridan aniqlanadi. 

Tajriba  va  nazariyaning  ko`rsatishicha,  yorug`lik  nuri  shaffof  muhitlarda 

yorug`likning tezligidan kichik bo`lgan tezliklar bilan tarqalar еkan.  Turli shaffof 

muxitlarda  yorug`likning  tarqalish  tezligi  turlicha  bo`ladi.    Barcha  nuqtalarda 

yorug`likning  tarqalish  tezligi  bir  xil  bo`lgan  muhit  bir  jinsli  muhit  deb  ataladi. 

Yorug`lik  bir  jinsli  muhitda  to`g`ri  chiziqli  tarqaladi.    Ikki  xil  muhit  chegarasida 

nur o`zining yo`nalishini o`zgartirib bir qismi birinchi muhitga qaytadi.  Bu hodisa 

yorug`likning  qaytishi  deb  ataladi.  Yorug`likning  qolgan  qismi  еsa  ikkinchi 

muhitga o`tib, uning ichida tarqalishini davom еttiradi.   

 Ikki  muhit  orasidagi  chegaraning  xossalari  qanday  bo`lishiga  qarab, 

qaytishning  xarakteri  turlicha  bo`lishi  mumkin.    Agar  chegara  notekisliklarining 

o`lchami yorug`lik to`lqinining uzunligidan kichik bo`lsa, bunday sirt  ko`zgusimon 

sirt deb ataladi.  Ana shunday sirt (masalan, silliq shisha sirti, yaxshilab jilolangan 



metall  sirti,  simob  tomchisining  sirti  va  boshqalar)ga  ingichka  parallel  yorug`lik 

dastasi  tushsa,  yorug`lik  nurlari  sirtdan  qaytgandan  keyin  ham  parallel  nurlar 

dastasi  ko`rinishida  qoladi.  Yorug`likning  bunday  qaytishi  tekis  qaytish  deyiladi 

(7.1-rasm).  

 

 


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling