49-dars. Xotima o‘rnida.
50-dars. Umumlashtiruvchi-takrorlash darsi.
51-dars. Yakuniy dars
8 – SINF. JAHON TARIXI (YaNGI DAVR 1500-1870)
(51 soat)
Kirish (1soat).
"Yangi tarix" tushunchasi. Osiyoda yangi jamiyat shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Yangi davr tarixini davrlashtirish. Yangi tarixning birinchi va ikkinchi bosqichlari. Yangi tarixning asosiy manbalari.
I BO‘LIM. XVI-XVIII asrlarda Yevropa, Amerika va Osiyo davlatlari
(22 soat).
2-dars. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati (2 soat).
Texnikaning rivojlanishi: buyuk ixtirolar, metallurgiya va metallga ishlov berishning takomillashuvi, harbiy texnikaning rivojlanishi, uning oqibatlari. Buyuk geografik kashfiyotlarning sabablari.
Yevropalik sayyohlarning dengiz sayohatlaridan maqsadlari. Yevropaliklarning Amerikani kashf qilishi. Xristofor Kolumb. Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi. Vasko da Gama, Ameriko Vespuchi sayohatlari.
Beruniy ilmiy xulosalarining isbotlanishi. Yevropa uchun geografik kashfiyotlarning oqibatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |