O‘quvchilar iqtisodiy bilim asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:
asosiy iqtisodiy qonuniyatlar, tushuncha va atamalarni bilish, ularning mohiyatini tushunish;
marketing, talab va taklif haqida bilimga ega bo‘lish;
tadbirkorlik va raqobat haqida fikr yurita olish;
mehnat munosabatlari va ish haqida tushunchaga ega bo‘lish;
soliq tizimi haqida tasavvurga ega bo‘lish;
mulk va mulkiy munosabatlarni bilish;
pul, narx, moliya, davlat budjeti va bank faoliyati haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
marketing va menejment faoliyatini bilish;
oila xo‘jaligini yuritishning umumiy qoidalarini, oila budjetini shakllantirishda foyda, chiqim va ularning manbalarini bilish;
bozor sharoitida (shahar va qishloq sharoitidagi) oilalarning iqtisodiy aloqalarini taqqoslay olish;
iste’mol tovarlari reklamasi tahlilini bilish;
tadbirkorlik turlarini (ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy) bilish;
Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish;
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillarini bilish;
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki tushunchalarini bilish;
bozor va uning turlarini bilish;
ijtimoiy foydali va unumli mehnat ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |