4-mavzu: Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari (1 soat).
Davlat suvereniteti. Xalq hokimiyatchiligi. Konstitutsiya va qonunning ustunligi.
5-mavzu: Tashqi siyosat (1 soat).
Davlatning tashqi siyosiy faoliyati. O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy prinsiplari.
6-mavzu: O‘rganilgan mavzularni takrorlash: “Konstitutsiya-davlatning asosiy qonuni” (1 soat).
1-Nazorat ishi (1 soat).
II bo‘lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari. (8 soat)
7-mavzu: Inson va fuqarolar huquqlariga oid umumiy qoidalar (1 soat).
Inson va davlatning o‘zaro bog‘liqligi. Inson huquqlariga oid manbalar. Fuqarolarning qonun oldida tengligi. Huquq va erkinliklar daxlsizligi.
8-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi (1 soat).
Fuqarolik. Fuqarolikka qabul qilish asoslari va uni to‘xtatish shartlari. Fuqaro va davlat. O‘zbekiston fuqarosining huquqiy maqomi.
9-mavzu: Shaxsiy huquq va erkinliklar (2 soat)
Yashash huquqi tushunchasi. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi. Qadr-qimmat va shaxsiy hayotga tajovuzdan himoyalanish huquqi. Yashash joyini erkin tanlash huquqi. Turar joy dahlsizligi. Vijdon erkinligi.
10-mavzu: Siyosiy huquqlar (1 soat).
Siyosiy huquq tushunchasi. Fuqarolarning saylov huquqi. Siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va jamoat birlashmalariga uyushish huquqi. Yig‘ilishlar va namoyishlar o‘tkazish erkinligi.
11-mavzu: Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar (1 soat).
Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar tushunchasi. Mulkdor bo‘lish huquqi. Mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqi. Ijtimoiy ta’minot olish huquqi.
12-mavzu: Inson huquq va erkinliklarining kafolatlari (1 soat).
Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari tushunchasi. Konstitutsiya va qonunlarda inson huquq va erkinliklari kafolatlanishi.
13-mavzu: Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari (1 soat).
Konstitutsiyaviy burch va majburiyat tushunchasi. Huquq va burchlar birligi.
14-mavzu: O‘rganilgan mavzularni takrorlash: “Inson va fuqarolarning huquq, burch va majburiyatlari” (1 soat).
2- Nazorat ishi (1 soat).
III bo‘lim. Jamiyat va shaxs ( 12 soat).
15-mavzu: Jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari faoliyati (1 soat).
Jamoat birlashmalari tushunchasi. Siyosiy partiyalar. Ommaviy axborot vositalari.
16-mavzu: Oila va jamiyat (1 soat).
Oila davlat va jamiyat himoyasida. Ota-onalar va farzandlarning huquq va burchlari.
17-mavzu: Ma’muriy-hududiy tuzilish tushunchasi (2 soat).
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi shakllari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar, qishloqlar, ovullar, ularning hududiy tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |