Odobnoma fanining maqsad va vazifalari
“Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” dasturini amalga oshirishning birinchi bosqichi, boshlang‘ich sinflarda “Odobnoma” fanidir.
“Odobnoma” fanining maqsad va vazifasi yosh avlod qalbiga odob-axloq me’yorlarini singdirishdan iborat.
Odob va axloq fani farzandlarimizda insof, adolat, imon-e’tiqod, vijdon va mehr-muhabbat hislarini tarbiyalashga qaratilgandir.
Bu ishda o‘qituvchiga maktab, oila, mahalla va keng jamoatchilik yaqindan yordam berishi zarur.
Mashg‘ulotlarni innovasion texnologiyalar asosida qiziqarli suhbat, o‘yin, bayram, sayohat, sahnalashtirilgan lavhalar kabi shakl va usullarda, turli-tuman rasm, ertak, hikoya, afsona, rivoyat, maqol va topishmoqlardan, audio, videotasmalar, ibrati hikoyalar, xalq ertaklaridan, hamda o`quvchilar hayotida uchraydigan voqealardan foydalangan holda o‘tish maqsadga muvofiqdir. Odoblilik dastlab ota-onaga mehr, vatan tuyg‘usi, muomala madaniyati, oilaga xos milliy urf-odat va an’analarga rioya qilishda xalqimiz boy pedagogik merosi, ajdodlarimizni pand-nasihatlari va xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari bo‘lmish doston, ertak, rivoyat hamda buyuk shaxslar ijodi, hayotidan namunalar keltirish va ular o‘gitlarini o‘rganish orqali murg‘ak qalbni tarbiyalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |