O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan zaruriy talablar
Milliy istiqlol g‘oyasi va va ma’naviyat asoslari fanining o‘qitilishini to‘g‘ri tashkil qilish va bu borada ta’lim-tarbiyaning an’anaviy hamda zamonaviy usullaridan to‘g‘ri foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek o‘quvchilarning bilim samaradorligini yanada oshirish uchun quyidagi asosiy talablarga amal qilish maqsadga muvofiqdir.
7-sinf
Bilim:
mafkura, milliy mafkura haqidagi tushunchalarni bilish;
g‘oyalarning jamiyat rivojlanishidagi o‘rni haqida bilish;
O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari haqida bilish;
Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini bilish;
milliy iftixor tuyg‘usi haqida bilish;
bilimdonlik va tarbiyalilik – ma’naviy barkamollik ekanini bilish;
bunyodkor va vayronkor g‘oyalar haqida tushunchalarga ega bo‘lish;
madaniyat tushunchasini bilish;
madaniyat mezonlari haqidagi tushunchalarga ega bo‘lish;
“ommaviy madaniyat” – tushunchasini bilish;
Huquqiy madaniyat shaxs madaniyatining ajralmas qismi ekanligini bilish;
milliy qadriyatlarimizning umumbashariy qadriyatlar bilan uyg‘unligini bilish;
bilimdonlik – ma’naviy barkamollik ekanini bilish;
shaxs tarbiyasi davlatimiz siyosatining usuvor sohasi ekanligini bilish;
inson, tabiat, ekologik madaniyat haqida tushunchalarni bilish;
san’at har bir xalq, milatning ma’naviy-ruhiy qiyofasi ekanligini bilish;
insoniy fazilatlardan: insonparvarlik, mehr-muruvvat, xulq-odob, do‘stlik, o‘rtoqlik, kamtarlik, manmanlik, do‘stga vafo, muloqot haqidagi tushunchalarni bilish;
inson ma’naviyatining shakllanishida oila muhim o‘rin tutishini bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |