Оптималлаштирилган Давлат таълим стандарти шарҳлари
Download 1.15 Mb.
|
5–9 sinflar toshkent 2010
Malaka:Vatan haqidagi hikoyalarni, kitoblarni o‘qish; Vatan tarixini o‘rganishga harakat qilish; davlatimiz ramzlari – bayroq, gerb, madhiyalariga hurmat bilina munosabatda bo‘lish; darslik matni bo‘yicha mustaqil ishlash; darslik va hujjatlar asosida ayrim tarixiy xodislarga tavsif berish, ularni baholash, munosabat bildirish. 6-sinf Bilim: Vatanni madh etuvchi she’rlarni yoddan bilish va ifodali o‘qish; yurtimizdagi qadimiy shaharlar haqida bilish; o‘zbek xalqining o‘ziga xos hususiyatlarini bilish; tarixdan judo bo‘lish – o‘zlikdan judo bo‘lish ekanini bilish; ma’naviyat so‘zining ma’no-mazmunini bilish; moddiy va ma’naviy merosni ajrata bilish; milliy qadriyatlar – milliy ma’naviyatni shakllantiruvchi mezon ekanligini bilish; “Navro‘z” ezgu urf-odatlarning ifodasi ekanligini bilish; Oila – inson ma’naviyatning beshigi ekanligini bilish; Milliy madaniyat xalq ma’naviy boyligining ildizi ekanligini bilish; “Alpomish” dostoni avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qahramonlik qo‘shig‘i ekanligini bilish; Ta’lim-tarbiyasiz ma’naviy yuksalish bo‘lmasligini bilish; Milliy va ma’naviy qadriyatlarning Vatanimizning yuksalishidagi o‘rnini bilish; sog‘lomlik va komillik tushunchalarini bilish; yurtimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun olib borilayotgan ishlar haqida bilish. Ko‘nikma: Vatanni madh etuvchi she’rlarni g‘urur bilan ifodali o‘qiy olish; tuyg‘u, Vatan tuyg‘usi nima ekanligini anglash; bedor, loqayd va ogoh so‘zlarining ma’nosini bilish; ma’naviy qadriyatlar tiklanishi milliy o‘zlikni anglash ekanligini tushunish; mustaqillik oliy ne’mat ekanligini anglash; Qadimiy va shonli tariximiz bir doston bo‘lsa, “Alpomish” ana shu dostonning shoh bayti ekanligini anglash; Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasini anglash; ma’rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biri ekanligini anglash; Amir Temurni anglash – o‘zligimizni anglash ekanligini tushunish; o‘zlikni anglash milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘lishini anglash; yoshlarning ma’naviy kamoloti – jamiyat va xalq qudratini ta’minlovchi muhim omil ekanligini anglash. Malaka: Vatanparvar ajdodlarimiz haqidagi badiiy kitoblarni mustaqil o‘qish va hulosa chiqara olish; milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga qarshi mustaqil fikr bildira olish; boy tariximiz va milliy qadriyatlarimiz bilan fahrlanish; Vatan tarixini o‘rganishga harakat qilish; davlatimiz ramzlari – bayroq, gerb, madhiyaga hurmat bilin munosabatda bo‘lish; turli millat va ellatlarni tili, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish; darslik matni bo‘yicha mustaqil ishlash; darslik va hujjatlar asosida ayrim tarixiy hadislarga tavsif berish, ularni baholash, munosabat bildirish. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling