Оптималлаштирилган Давлат таълим стандарти шарҳлари


Download 1.15 Mb.
bet151/206
Sana05.01.2022
Hajmi1.15 Mb.
#234602
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   206
Bog'liq
5–9 sinflar toshkent 2010

Ko‘nikma:

  • O‘zbeksiton madaniy va ma’naviy meroslarga boy o‘lka ekanligini anglash;

  • Mustaqillik yillarida tiklangan tarixiy obidalar, yodgorliklar. Farg‘oniy, Marg‘inoniy, “Alpomish” monumenti, “Avesto” monumenti haqida tasavvurga ega bo‘lish;

  • Amaliy san’at turlari (xalq hunarmandchiligi: kulolchilik, milliy kiyimlar, ganch va yog‘och o‘ymakorligi, chilangarlik, zargarlik tushunchalari)ni bir-biridan ajrata olish;

  • Musiqa tinglash odobiga ega bo‘lish;

  • Ezgu fazilatlar – inson ko‘rki ekanligini anglash.

Malaka:

  • Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;

  • maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish va uni targ‘ib qila olish;

  • boshqa millatlarning tili, qadriyatlarini hurmatlash;

  • olgan bilimlari asosida mustaqil fikr yurita olish;

  • darslikda berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishga harakat qilish;

  • matnda berilgan voqealarga mustaqil ravishda munosabat bildira olish;

  • o‘z fikrini odob doirasida, erkin ifodalay olish;

  • yaxshi va yomon odatlar haqida kichik hikoya tuza olish;

  • ertaklari va rivoyatlarga munosabat bildira olish, mazmunini gapirib berish, xulosa chiqarish;

  • uy vazifalarini o‘z vaqtida bajarish;

  • musiqa tinglash odobiga rioya qilish;

  • bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qila olish.

Vatan tuyg‘usi” fani bo‘yicha o‘quvchilar quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi lozim:




  • Vatan tushunchasini bilish;

  • vatanparvarlar jasorati va ular haqidagi tushunchalarga ega bo‘lish;

  • hukumatimizning yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan e’tibori haqidagi ma’lumotlarga bo‘lish;

  • “Avesto” - xalqimiz tafakkurining mumtoz namunasi ekanligini bilish;

  • Musatqillik so‘znining ma’no-mazmunini bilish;

  • O‘zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o‘lkalardan biri ekanligini bilish;

  • Davlatimiz ramzlari – bayroq, gerb, madhiya, O‘zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassamlashtirishini bilish.

  • “Ona Vatan”, “Ona tabiat”, “Ona yurt” iboralarining o‘zaro bog‘liqligini anglash;

  • Vatan tuyg‘usi vatanparvarlik fazilatlariga asos bo‘lishini tushunish;

  • millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikengik, vijdon erkinligi tushunchalarini mazmunini bilish;

  • mahalla qadriyatlar – beshigi ekanligini anglash.

  • ma’naviyat so‘zining ma’no-mazmunini bilish;

  • moddiy va ma’naviy merosni ajrata bilish;

  • milliy qadriyatlar – milliy ma’naviyatni shakllantiruvchi mezon ekanligini bilish;

  • “Navro‘z” ezgu urf-odatlarning ifodasi ekanligini bilish;

  • Oila – inson ma’naviyatning beshigi ekanligini bilish;

  • Ta’lim-tarbiyasiz ma’naviy yuksalish bo‘lmasligini bilish;

  • Milliy va ma’naviy qadriyatlarning Vatanimizning yuksalishidagi o‘rnini bilish;

  • sog‘lomlik va komillik tushunchalarini bilish;

  • Qadimiy va shonli tariximiz bir doston bo‘lsa, “Alpomish” ana shu dostonning shoh bayti ekanligini anglash;

  • Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasini anglash;

Amir Temurni anglash – o‘zligimizni anglash ekanligini tushunish;

    • milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga qarshi mustaqil fikr bildira olish;

  • turli millat va ellatlarni tili, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish.

Vatan tuyg‘usi” ta’limining maqsad va vazifalari


“Vatan tuyg‘usi” fani oldiga avvalo yosh avlod qalbi va ongida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, ularni o‘zining buyuk tarixi, kimlarning, qanday buyuk zotlarning farzandi ekanidan faxrlanib yashaydigan haqiqiy vatanparvar insonlar etib tarbiyalash asosiy vazifa qilib qo‘yilgan. Shundan kelib chiqqan holda, “Vatan tuyg‘usi” o‘quv fanining asosiy maqsad va vazifasi Vatan, ona yurt, xalq va millat, milliy qadriyatlar haqidagi bilim va tushunchalarni sharhlab, o‘quvchilarda mardlik va vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish, milliy iftixor tuyg‘usini kamol toptirish, ularning har tomonlama yetuk inson bo‘lib yetishishiga xizmat qilishdan iborat.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling