Оптималлаштирилган Давлат таълим стандарти шарҳлари


Bu fanni o‘qitishda quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur


Download 1.15 Mb.
bet152/206
Sana05.01.2022
Hajmi1.15 Mb.
#234602
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   206
Bog'liq
5–9 sinflar toshkent 2010

Bu fanni o‘qitishda quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur:

  • milliy istiqlol g‘oyasi asosidagi yangicha dunyoqarashni shakllantirish ta’lim tizimidagi izchil va uzluksiz jarayon ekani;

  • milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi;

  • Vatan haqidagi bilim va tushunchalar fuqarolik haqidagi tasavvurlarni, vatanparvarlik, yurtga sadoqat, xalqparvarlik kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qilishi;

  • adabiyot, tarix, geografiya kabi fanlardagi bilim va tushunchalardan keng foydalanishi;

  • o‘quvchilarning erkin va hayotiy fikrlashga asoslanishi;

  • nazariy g‘oyalarning hayotiy misollar asosida ochib berilishiga erishish;

  • ta’lim jarayonini texnologik va ijodiy yondoshuv asosida tashkil etilishi va hokazolar.

  • Fan o‘quv materiallarini texnologik va ijodiy yondoshuv asosida tashkil etiluvchi mashg‘ulotlar jarayonida o‘rganilishini nazarda tutadi. Ta’lim jarayonida suhbat, bahs-munozara, uchrashuv, ekskursiya hamda amaliy mashg‘ulotlar (ijodiy insholar yozish, referat tayyorlash, test nazoratini tashkil etish, badiiy chiqishlarni tashkil etish va boshqalar) kabi shakl va metodlar, shuningdek shaxsiy namuna ko‘rsatish, milliy madaniy meros namunalari, allomalarning portretlari, vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi badiiy asarlar, kinofilg‘m va teatr tomoshalari kabi vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling