Оптималлаштирилган Давлат таълим стандарти шарҳлари
Download 1.15 Mb.
|
5–9 sinflar toshkent 2010
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilim
Ko‘nikma:
“ommaviy madaniyat”ning insoniyat rivojiga salbiy ta’sirini anglash; so‘zlashuv madaniyati, kiyinish madaniyati, aloqa vositalaridan foydalanish madaniyati, axborot tanlash va unga egalik qilish va undan foydalanish madaniyati tushunchalarini anglash; tasviriy san’at darslarida milliy ma’naviyatimizni aks ettiruvchi rasmlarni chizishga harakat qilish; o‘z burchini anglash va o‘zgalar huquqlarini hurmat qilish; milliy qadriyatlarimiz va urf odatlarimizga zid bo‘lgan bayram va odatlarning salbiy oqibatlarini anglash; insonparvarlik – oliy fazilat belgisi ekanligini anglash; mehr-muruvvat – yuksak fazilat ekanligini anglash; Malaka: Bunyodkor va vayronkor g‘oyalarga nisbatan o‘z munosabatini bildira olish; muomala madaniyatiga ega bo‘lish; kichiklarga izzatda, kattalarga hurmatta bo‘la olish; axloq-odob qoidalariga rioya qilish; milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga zid bo‘lgan bayramlar, odatlarni qabul qilmaslik. mavzular bo‘yicha baxs munozaralarda faol ishtirok etish; darslikda berilgan savollar va topshiriqlarni bajarish; qo‘shimcha manbalardan foydalanish; o‘z fikrlarini boshqa fan (tarix, geografiya va b.)lar bilan bog‘lagan holda bayon qila olish. 8-sinf Bilim:Milliy mafkura tushunchasini bilish; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12 –moddasini mazmunini tushunish; milliy mafkuramizning bosh g‘oyasini bilish; Vatan ravnaqi mamlakatning hamma sohalari bo‘yicha rivojlanish va yuksalish ekanligini bilish; yurt tinchligi – barqaror taraqqiyot garovi ekanligini bilish; xalq farovonligi – erkinlik, tadbirkorlik va tashabbuskorlik ekanligini bilish; komil inson har tomonlama yetuk inson ekanligini bilish; ijtimoiy hamkorlik – manfaatlar mushtarakligidan hosil bo‘luvchi umummilliy maqsad ekanligini bilish; millatlararo hamjihatlik yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elat vakillari ahilligining ma’naviy asosi ekanligini bilish; dinlararo bag‘rikenglik (tolerantlik) xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e’tiqodini o‘zaro hurmat qilishi ekanligini bilish; milliy g‘oya va milliy mafkuraning o‘zida nimalarni mujassam ettirishini bilish; milliy mafkura qanday talablarga javob berishini tushunish; mustaqillik beqiyos ma’naviy imkoniyatlar ekanligini anglash; mamlakatimizning ichki va tashqi siyosati, iqtisodiy-ijtimoiy yangilanish jarayonlarning manbai ma’naviyat ekanligini bilish; yurtimizdagi moddiy va ma’naviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liq holda rivojlanayotgani haqidagi ma’lumotlarni bilish; davlatimizning ijtimoiy himoya sohasidagi siyosatini anglash; oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqaror ekanligini bilish; mamlakatimizda nishonlanadigan bayramlarning ma’nviy mohiyatini bilish; til – ma’naviyat ko‘zgusi ekanligini bilish. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling