Oq oltin don mahsulotlari


Download 498.95 Kb.
bet1/17
Sana06.04.2023
Hajmi498.95 Kb.
#1332122
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
HISOBOT (8)


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
MAGISTRATURA BO’LIMI
QXMS va DIT YO’NALISHI
2-KURS 18-21-GURUH TALABASI
SAIDQOSIMOV UCHQUNNING “OQ OLTIN DON MAHSULOTLARI” AJ DAGI
MALAKAVIY AMALIYOTINING






MUNDARIJA

1

KIRISH
“OQ OLTIN DON ” AJ HAQIDA
OQOLTIN DONNING BO’LIMLARI

2

LABARATORIYA BO’LIMI

3

DONNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI, VA TAYYOR MAHSULOTNING CHIQISHI VA SIFATIGA TA’SIRI

4

DONNING TEXNOLOGIK XOSSALARI DONNING UNBOPLIK VA NONBOPLIK XOSSALARI

5

DONGA GIDROTERMIK ISHLOV BERISH JARAYONI

6

GIDROTERMIK ISHLOV BERISHNI DONNING XOSSALARIGA TA’SIRI



7

TEGIRMON VA YORMA ZAVODLARIDA TEXNOLOGIK JARAYONLARNING TAVSIFI

8

UN VA YORMANING OZIQAVIY QIMMATI

9

UN TORTISH UCHUN BUG’DOY ARALASHMASI
PARTIYALARINING TARKIBINI HISOBLASH USULLARI

10

MAYDALASH JARAYONINING ASOSIY VAZIFALARI

11

MAYDALASH JARAYONINING UMUMLASHGAN QONUNI

12

DONNING TEXNOLOGIK XOSSALARINI MAYDALASH JARAYONIGA TA’SIRI

13

MAYDALANGAN MAHSULOTLARNING YIRIKLIGI BO’YICHA TASNIFI

14

TEGIRMON VA YORMA ZAVODLARIDA QO’LLANILADIGAN ELAKDONLARNING TEXNOLOGIK SXEMASI



15

SOVURISH – ELASH MASHINALARIDA YORMALARNI BOYITISHNING TEXNOLOGIK SXEMALARI

16

UN TORTISHNING TASNIFI

17

XULOSA

18

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



KIRISH
Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismining birini un va yorma tashkil etadi. Un va yorma ishlab chiqarish uchun hom ashyo sifatida bug’doy, javdar, sholi, arpa va boshqa donlar ishlatiladi. Oxirgi yillarda un va yorma ishlab chiqarish sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshib bormoqda. Bunda yuqori navli un va yormalar ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Tarkibida oqsil miqdori va tolasimon moddalar miqdori har xil bo’lgan unlar, vitaminlar va mikroelementlar bilan boyitilgan unlar, pishirish vaqti qisqartirilgan va pishirishni talab qilmaydigan yorma va un mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Ilm va amaliyotning yutuqlarini keng tadbiq etish natijasida donni qo’llash samaradorligi sezilarli darajada oshdi, elektr energiya sarfi kamaydi, un va yormalarning oziqaviy qimmati oshdi.
Un donni maydalash jarayonida hosil bo’ladigan mahsulot. Agar u faqat donning ichki qism endospermidan olingan bo’lsa - bunday un navli, don qobiqlari va murtagi bilan birgalikda to’liq maydalangan bo’lsa jaydari un deyiladi. Un ishlab chiqarish uchun asosan bug’doy, javdar, tritikale, kam miqdorda suli, grechixa, arpa, makkajuxori va boshqa ekinlarning donlari qo’llaniladi.
Yorma asosan bu donning gul, meva va urug’ qobiqlari hamda murtagini ajratib olgandan keyin qolgan butun mag’izi yoki uning katta bo’lakchalaridir.
Yorma grechixa, sholi, tarik, suli, arpa, makkajuxori, bug’doy, no’xat va oq jo’xori donlaridan ishlab chiqariladi.
Un va yorma sonsiz miqdordagi oziqa mahsulotlarini tayyorlash uchun asos bo’lib hisoblanadi. Ularni iste’mol qilish natijasida inson 30-50 % oqsilga va 20-40 % turli zarur biologik moddalarga bo’lgan talabini qondiradi. Oziqlanish nisbatida eng qimmatlisi, tarkibida oziqlantiruvchi elementlari ko’p bo’lgan oddiy yanchilgan jaydari uni hisoblanadi. Bundan tashqari unning tarkibida maydalangan qobiq­lar hisobidan tolasimon moddalar bo’lib, ular ovqat hazm qilish traktidagi turli shlaklarning chiqib ketishiga ta’sir ko’rsatadi va ichaklarning fiziologik funktsiyalarini yaxshilaydi.
Hozirgi vaqtda yuqori unumdorli texnologik uskunalar bilan jihozlangan tegirmonlarda un tarkibida oqsil, kraxmal, mineral moddalar va vitaminlar miqdori ko’paytirilgan yoki kamaytirilgan har xil navli unlarni ishlab chiqish mumkin. Bunday unlarni novvoylik, qandolat va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida qo’llanishi aholini non, makaron va qandolat mahsulotlariga bo’lgan talabini to’liq qondiradi va bu mahsulotlarning sifatini oshirish imkonini beradi.



Download 498.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling