Oq oltin don mahsulotlari
Ikki yarusli sovurish – elash mashinalarida yormani boyitishda elaklarni o’rnatish sxemalari
Download 498.95 Kb.
|
HISOBOT (8)
Ikki yarusli sovurish – elash mashinalarida yormani boyitishda elaklarni o’rnatish sxemalari.
Ikki yarusli sovurish – elash mashinalarida yuqori yarusdagi birinchi ikkita elak qabul qiluvchi bo’lib, agar yormalar paralel boyitilsa unda mashinaga tushayotgan yormalar oqimini ikkita fraktsiyaga ajratadi: qabul qiluvchi elaklarda qolgan yormalar yuqori yarus elaklarida boyitiladi, qabul qiluvchi elaklardan o’tgan yormalar pastki yarus elaklarida alohida boyitiladi. Qabul qiluvchi elakdan o’tgan fraktsiya yormalari kichikroq bo’lgani uchun pastki yarusga teshiklarini o’lchamlari yuqori yarusdagi elaklarning teshiklari o’lchamlaridan kichikroq bo’lgan elaklar o’rnatiladi. Sovurish – elash mashinalarida mahsulotlarni (yormalar, dunstlar) saralash va boyitishni texnologik jarayonlari elakli korpuslarning tebranishi va havo oqimini elakning tagidan kirib kelishi natijasida mahsulotni elak yuzasida harakatlanishi sodir bo’ladi (13.2-rasm va 13.3-rasm). Havo yordamida qatlamlangan mahsulotlar zichligi katta va endosperm qismi ko’p bo’lgan bo’lakchalar (kulchanligi kichkina) elakda tez elanadi, qobiqli endosperm bo’lakchalari (zichligi kamroq va kulchanligi yuqori) elakning yuzasi bilan qoldiq mahsulot sifatida mashinadan chiqariladi. Un ishlab chiqarishda yormalarni boyitish jarayoni juda ham keraklidir. Un tortishda yormalarni boyitishning rivojlangan jarayoni bo’lgan sharoitda yuqori navli unlarni ko’p miqdorda olish mumkin bo’ladi. Bu jarayon natijasida amalda endosperm kraxmalli qismining toza bo’lakchalari ajratib olinadi va un tortishga yuboriladi. Yormalarni sovurish - elash mashinalarida boyitishning samaradorligini har xil usullar bilan aniqlash mumkin. Sovurish - elash mashinalari samaradorligi yuqori hisoblanadi, qachonki, elakning qoldig’i bilan olinadigan mahsulotning kulchanligi mashinaga tushayotgan mahsulotning kulchanligidan 2,5...3 marta yuqori bo’lsa. Sovurish - elash mashinalarining samaradorligi asosan mashinaga tushadigan yuklamaga bog’liq. Sovurish - elash mashinalarida yuklama miqdori yorma turiga qarab taqsimlanishi, mashinaning markasidan bog’liq 13.1- jadvalda keltirilgan. Sovurish – elash mashinalarining ishlash samaradorligi yuqori bo’lishi uchun ular quyidagilarni ta’minlashi kerak. sifatli mahsulotlarga ishlov berilganda boyitilgan mahsulotlarning chiqishi quyidagicha: yirik yormadan - 75 dan 80% gacha; o’rtacha va mayda yormalardan – 85 dan 90% gacha; dunstlardan – 90 dan 95% gacha. Bunda boyitilgan mahsulotlarning kulchanligi sovurish – elash mashinasiga tushayotgan mahsulotlarning kulchanligiga nisbatan kamayishi quyidagicha bo’lishi kerak: yirik yormada - 30 ...40% ; o’rtacha va mayda yormalarda – 15...20 %; dunstlarda – 10 ...15 %. 2–sifatli mahsulotlarga ishlov berilganda boyitilgan mahsulotlarning chiqishi quyidagicha: yirik yormadan - 25 dan 35 % gacha; o’rtacha va mayda yormalardan - 40 dan 50 % gacha; dunstlardan - 70 dan 80 % gacha. Bunda boyitilgan mahsulotlarning kulchanligi sovurish – elash mashinasiga tushayotgan boshlang’ich mahsulotlarning kulchanligiga nisbatan kamayishi quyidagicha bo’lishi kerak: yirik yormada – 60... 70%; o’rtacha va mayda yormalarda – 30 ... 40%; dunstlarda – 20 ... 30 %. Download 498.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling