Oq oltin don mahsulotlari
Download 498.95 Kb.
|
HISOBOT (8)
15.UN TORTISHNING TASNIFI
Donni qayta ishlab un olish texnologik operatsiyalarining bir butunligiga un tortish deyiladi. Dondan qayta ishlab olinadigan un standart talablariga javob berishi va yuqori iste’molboplik xossalariga ega bo’lishi kerak. Unning navi va chiqishiga qo’yilgan talablarga qarab, texnologik operatsiyalar soni, ularning o’zaro aloqadorligi va ketma ketligi turlicha bo’lishi mumkin. Jaydari un ishlab chiqarishda asosiy e’tibor donni anatomik qismlarga ajratmasdan ma’lum yiriklikgacha to’liq maydalash asosiy vazifa qilib qo’yiladi. Texnikaning zamonaviy rivojlangan darajasida bu muammoni hal qilish qiyin emas, shuning uchun jaydari un tortishda yanchish jarayoni donni un holigacha jadal maydalaydigan bitta bosqichdan iborat bo’ladi. Navli un tortishda faqat don endospermining kraxmalli qismi mayin qilib maydalanadi, qobiqlar, aleyron qatlam va murtak kepak ko’rinishida alohida ajratib olinadi. Donni yo’naltirilgan holda maydalashga qaratilgan bu murakkab vazifa texnologik jarayonni murakkablashtirishni talab etadi. Bunda donning fiziko-kimyoviy va anatomik qismlarini strukturali-mexanik xossalarini farqiga asosan donni maydalangan mahsulotlarini sifati bo’yicha ajratishni ta’minlaydigan qo’shimcha operatsiyalarni kiritish zarurati hosil bo’ladi. Takrorlanadigan oddiy un tortishning sxemasi birta texnologik bosqichdan iborat bo’lib, bunda yirik zarrachalar maydalash operatsiyasining uch yoki to’rtta sistemasidan ketma - ket o’tadi. Oddiy un tortishga bug’doy va javdar donidan jaydari un tortish kiradi. Takrorlanadigan murakkab un tortishga bug’doy va javdar donlaridan navli un tortish kiradi. Bu holda texnologik jarayonning farqli tomoni sovurish - elash jarayonlarining borligi va rivojlanganligi, ularning vazifasi donni yanchishda xosil bo’lgan yormalarni aslligi bo’yicha saralashdir (boyitish), shuning bilan birga silliqlash jarayonining mavjudligi hisoblanadi. Javdar donini qayta ishlashda bu ikki jarayon ishlatilmaydi. Chunki donni anatomik xususiyatlari toza endospermni yorma ko’rinishida ajratib olish imkoniyatini bermaydi. Shuning uchun javdar donidan navli un tortish (oqlangan va elangan) murakkab takroriy un tortishning 1-guruxini tashkil etadi. Bug’doy donini qayta ishlashda texnologik jarayon tuzilishining murakkabligi un tortish turi bilan aniqlanadi, bu mazkur korxona uchun belgilangan un navlarining assortimentidan bog’liq bo’ladi. Ikkinchi navli un ishlab chiqarishda un tortish jarayonini soddalashtirish mumkin, ya’ni sovurish - elash jarayonini qiskartirish, bunda yormalarning faqat bir qisminigina boyitish bilan silliqlash jarayonidan voz kechish mumkin. Bug’doy donidan ko’p navli un tortish yoki bir navli birinchi navli un tortish texnologik jarayoni murakkablashtirishni talab qiladi. Bunda asosiy vazifa qilib, faqat endospermning kraxmalli qismini to’liq ajratib olish va uni tarkibida donning boshqa anatomik qismlari kam bo’lgan unga aylantirish qo’yiladi. Bu holda nafaqat texnologik sxema va uning alohida bosqichlari, shuningdek sovurish - elash va silliqlash jarayonlari ham to’liq rivojlantiriladi (kengaytiriladi). Bu un tortishning uchinchi gu Unning sifatiga quyilgan talabning ortishi bilan nafaqat un tortish sxemasi, balki donni un tortishga tayyorlash sxemasi ham murakkablashadi. Unning belgilangan chiqishi va sifatini ta’minlash uchun elevatordan tegirmonning donni tayyorlash bo’limiga yo’naltiriladigan donga chegaralangan sifat ko’rsatkichlari belgilangan 14.4-jadval. Un tortishga tayyorlash texnologik jarayonida bunday sifat ko’rsatkichli donlarga ishlov berish natijasida maydalashga yuboriladigan don tarkibida minimal miqdorda chiqindilar qolishi va donning texnologik xossalarini yaxshilanishi ta’minlanadi. Bunday sifat ko’rsatkichlari bilan qabul qilingan donlarni un tortishga tayyorlashda, don massasi tozalashni va gidrotermik (suv va issiqlik bilan) ishlov berishni talab qiladi. Download 498.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling