oldingi panjasini ko'tardi. N im ad ir u ni tashvishga soldi va u hid olish
uchun havoni iskayverdi. U rg'ochi bo'ri ham havoni iskab ko'rdi-da,
yo'ldosh iga dalda bergan kabi o ld in g a o'tib yo'l boshladi. H am on
betoqat bo'layotgan Birko'z noiloj u nga ergashdi, am m o dam -badam
to'xtab, xavotir ichida sham olni iskar edi.
U rg'ochi bo'ri daraxtlar orasidan yurib borib, sekin-asta hayhotdek
yalanglikka chiqdi. Bir necha daqiqa o'sha yerda yolg'iz o'zi turdi, so'ng
ham on bir nim adan hadiksirayotgan B irko'z yoniga keldi. Ular atrofga
birga ko'z yugurtirib, quloq solib, havoni iskagancha anchagacha turishdi.
Itlarning hurishi, erkaklarning o'dag'aylashi, xotin-xalajning shang'il-
lagani va go'daklarning chinqirib yig'lagani eshitildi. Yalanglikdan ularga
charm qoplangan ulkan vigvamlar, gulxan shu'lasida g'imirlab yurgan
odam lar va sokin havoda o'rlayotgan tutun ko'rinardi, xolos. A m m o,
dim oqlariga hindularning qishlog'idan Birko'zga nom a'lum , urg'ochi
bo'riga esa tanish va qadrdon narsalarning isi kelardi. U rg'ochi bo'rining
vujudini g'alati bezovtalik qamrab, u havoni qayta-qayta huzur bilan
iskar edi. Lekin Birko'z ham on xavotirda edi. U qo'rqa-pisa o'rnidan
q o'zg'alib , shu bilan o 'z xavotirini sezdirib qo'ydi. U rg'och i bo'ri
o'girilib go'yo o'zich a yupatgan b o'lib , tum shug'i bilan uning bo'yniga
turtkiladi-da, o 'zi esa yana q ish lo q n i kuzata boshladi. A llaqanday
sog'inchdan uning ko'zlari yonardi, bu endi ochlik tufayli tug'ilgan
tuyg'u em asdi. U n i o'sha yoqqa sh am oldek uchib borgisi, gulxan yoniga
pisib o'tgisi, itlarning janjal-nizolariga aralashgisi, odam larning oyoqlari
tagida o'ralashib yurgisi, irg'ishlab-irg'ishlab o'ynagisi kelardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |