Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi


Keyin ketm a-ket yana ikki marta irg’ishladi


Download 40.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/123
Sana03.06.2024
Hajmi40.05 Kb.
#1840469
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123
Bog'liq
Jek London. Oq so\'yloq (qissa)

Keyin ketm a-ket yana ikki marta irg’ishladi.
Birko'z asta o'rnidan turib, urg'ochi bo'rining xatti-harakatlarini 
kuzatib turardi. Oxiri uning noshudligidan jahli chiqib o'zi bir sakradi- 
da, quyonni ushlab yerga olib tushdi. A m m o o'sha zahoti yon tarafdan 
xavotirlanarli shatir-shutir eshitildi va Birko'z boshi uzra kam ondek 
egilgan archa niholiga ko'zi tushdi. daraxt ana-m ana qarsillab boshiga 
uriladigandek edi. Bo'ri og'zidagi quyonni tashlab, bu niash’uni falo- 
katdan qutulish uchun o'zini orqaga otdi, g'azab va qo'rquvdan junlari 
hurpayib bo'g'iq irilladi. N ih ol qaddini rostladi-yu, quyon yana muallaq 
osilib qoldi.
U rg'ochi bo'rining jazavasi tutib, sherigining yelkasidan g'archcha 
tishlasa bo'ladim i? Buni kutmagan Birko'z g'azabiga chidayolm ay o'ta 
kesgir tishlarini qayrab, uning tum shug'ini g'ajib tashlashiga oz qoldi. 
O 'z navbatida bunaqa qarshilikni kutmagan urg'ochi bo'ri ham irillab 
Birko'zga tashlandi. Xatosini payqagan Birko'z o'zicha yarashishga unda- 
gan bo'lib, yelkasini unga tutib berdi, am m o urg'ochi bo'ri ko'nm adi — 
uning duch kelgan yerini tishlab tashlayverdi. Yarashishdan umidini uzgan 
Birko'z pirovardida uning hamlalariga chap berishga tushdi. O ra-chora 
dam u yelkasini, dam bu yelkasini tutib berishdan boshqa iloj topolm adi.
Q uyon esa ham on havoda koptokdek likillab yotardi. U rg'ochi bo'ri 
qorga ch o 'n q a yd i, sirli archadan ko'ra sherigidan ko'proq xavotir 
olayotgan Birko'z yana sakradi. Q uyonni changallab yerga tushgach, u 
yakka-yu yagona k o'zi bilan daraxtga tikilib qoldi. Daraxt yana keskin 
egildi. Bo'ri hozir qarsillatib uriladi, degan xavotirda g'ujanak bo'lib 
oldi, lekin o'ljasini qo'yib yubormadi. A m m o , kutganidek daraxt kelib 

Download 40.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling