Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi


ta ’qib etish befoyda ekanini sezdi


Download 40.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/123
Sana03.06.2024
Hajmi40.05 Kb.
#1840469
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123
Bog'liq
Jek London. Oq so\'yloq (qissa)

ta ’qib etish befoyda ekanini sezdi.
Shu asno yana yarim mil yurgach, bo'ri allaqanday g'ijirlagan 
tovushni ilg'ab to'xtadi. Yaqinroq pusib bordi-da, orqa oyoqlarida turib 
tishlarini daraxtga ishqayotgan jayraga ko'zi tushdi. Birko'z ishi o'ngidan 
kelmasligiga ko'zi yetsa ham orqa tarafidan sekin jayraga yaqinlashdi. 
K o'p d an beri S h im o ld a jayralarga y o 'liq m a g a n ed i. G arch i um ri 
davom ida bir marta go'shtini tatib ko'rmagan bo'lsa ham, bunday vahshiy


yirtqichlarning fe’lini yaxshi bilardi. Lekin hayot unga baxt yoki soddaroq 
aytganda om ad nima ekanini o'rgatgan edi. Shuning uchun u jayrani 
qoralab pusib boraverdi. Bu to'qnashuv nim a bilan tugaydi, oldindan 
bir nim a deyish qiyin, tirik mavjudotlar orasidagi olishuv nihoyasini 
bashorat qilib, oldindan aytib berib bo'lm aydi.
Jayra uzun-uzun, o ‘tkir ignalarini tikkaytirib g‘ujanak bo'lib oldi. 
Bunday vaziyatda hamla qilish befoyda. Bir necha yillar muqaddam 
xuddi mana shunday jon siz tuyulgan ignalar to ‘pini tum shug‘i bilan 
turtaman deganda jayra to'satdan dumi bilan Birko'zning tumshug'iga 
qarsillatib solgan edi. Tum shug'ining uchiga bir dona igna sanchilib qolib 
toza azob bergan va bir hafta deganda tushib ketgan edi. U hamlaga 
chog'lanib jayraning dumidan yarim metrcha narida yerga yotib olib 
qimir etmay kuta boshladi. Kim biladi? Har ne sodir b o iis h i mumkin. 
Ehtim ol, jayra jussasini rostlab qolar, ehtim ol, uning yum shoq qorni 
ochilib noxosdan panja urib yorib tashlash imkoni tug'ilar.
A m m o yarim soat kutib, toqati toq bo'lgan Birko'z o'rnidan turdi- 
da, yana qimir etm agan bir t o ‘p ignaga g'azab bilan irillab j o ‘nadi. 

Download 40.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling