Ugarilari mana shu alpozda besamar bo'lsa ham poylab yotaverardi.
H ozir uzoq kutib yotishning mavridi em as. Birko'z daryoning o'ng
qirg'og'i yoqalab yo'lga tushdi. Vaqt o'tib borar, u esa ham on hech
narsa ovlayolm adi.
Q on id ajo'sh ura boshlagan mehr bo'rini yurishga, izlashga undardi.
U qanday bo'lm asin biron nima topishi shart va bunga majbur ekanini
sezardi. Q iyom payti tustovuq uchradi. U butalar orasidan yugurib
chiqqanini biladi, qarasa, uzog'i bilan bir fut narida, to'nkada shu
laqma parranda o'tiribdi. Bir-birini baravar ko'rib qolishdi. Tustovuq
jon holatda qanotlarini yoyib, uchishga ch og'land i, am m o bo'ri panjasi
bilan bir urib qulatdi va qorda tipirchilay-tipirchilay ko'tarilm oqchi
bo'layotgan joyida tishlab oldi. Tishlari yum shoqqina go'shtga botib
so'ngaklarning qirsillab sinishidan B irko'zning ishtahasi ochildi. Zum
o'tm ay bir nima esiga tushib, tustovuqni ko'tara g'or tom onga yugurdi.
U sharpadak tovush chiqarm ay qirg'oqning past-baland yerlarini
ko'zdan qochirm ay bir chaqirim cha yurgach, yana boyagi ulkan panjalar
iziga ducli keldi. Izlar u ketayotgan yoqqa burilgan edi. Birko'z bu
izlar sohibiga yuzm a-yuz bo'lishga hozirlanib yo'lid a davom etdi.
U irmoqlar keskin burilib oqayotgan yerdagi qoyatosh ortidan boshini
sekin chiqarib qaradi-yu, allanimani ko'rdim i, darhol yerga qapishib oldi.
Bu qorda katta-katta iz qoldirib o'tgan o'sha yirtqich — urg'ochi silovsin
edi. Silovsin ertalab bo'ri jayra oldida qanday yotgan bo'lsa, g'ujanak
bo'lib olgan jayra qarshisida xuddi shunday alpozda yotardi. Agar shu
yergacha Birko'z sassiz, tovush chiqarmay kelgan bo'lsa toshdek qotgan
jayra bilan silovsinni ko'rgach, endi bamisli sharpaga aylandi-qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |