B irko'zning (bo'ri bolasi uni yorug'likka yaqinroq joyda uxlaydigan va
o'zi yashayotgan olam dan onasiga o'xshab ovqat keltiradiganlardan
biri sifatida tan olardi) o'sha sh affof devor orasidan o'tib ko'zdan g'oyib
bo'lish odati bor edi. Kulrang bo'ri mana shuni sira tushunoim asdi.
Onasi sh affof devor yoniga yaqin yo'latm as, am m o har safar g'orning
boshqa devorlari oldiga borganda nozik tum shug'i allaqanday qattiq
narsaga urilardi. Shunda tum shug'i og'rirdi. Bir necha bor shunday
urinishlardan so'ng devorni iskab tekshirishdan voz kechdi. Pirovardida
sut bilan chaynab yum shatilgan go'sht onasiga xos xususiyat, otasiga
esa birdan g'oyib bo'lish xususiyati xos ekanini anglab yetdi.
O chig'i, bo'ri bolasiga fikrlash yot edi, jilla qursa, odam lardek fikr
yuritish xos em as. U ko'p narsalarni g'ira-shira ilg'ardi, xolos. Shunday
bo'lsa ham uning xulosalari odam larnikidek qat’iy va aniq bo'lardi.
R o'y bergan hodisani nega va nim a uchun bunday bo'ldi deb taftish
qilib o'tirm asdi. Shu narsaning yuz berganini bilishining o 'zi kifoya
qilardi. O 'zini qurshab turgan olam n i shu tariqa idrok etardi. Shuning
uchun g'or devoriga tum shug'ini bir necha bor nuqib ko'rgach, otasi
singari devor orasidan o'tolm asligiga tan berdi. A m m o buning sababini
bilishga h ech qachon qiziqib ko'rmasdi. Qisqasi, izchil va to'g'ri fikr
yuritish unga yot edi.
Shim ol o'lkasida hayot kechiradigan aksar jonivorlar singari u ham
ochlik nim aligini juda erta totib ko'rdi. Shunday kunlar keldiki, otasi
bir parcha go'sht keltirmas, hatto ona bo'rining yelinlari sut berm as
edi. Bo'ri bolalari g'ingshir, ingillar va ko'p vaqt karaxt bo'lib yotishardi.
B ora-bora och likd an tirishib qoladigan bo'lishdi. Jan jal-to'p olon lar
Do'stlaringiz bilan baham: |