Keyinchalik ham ularning har biri, mustaqil harakat qila oladigan va
o'zlaricha bir nimalarga qiziqadigan bo'lganida g'or og'zidan yopirilayotgan
nurga tashnaliklari yanada kuchaydi. Ular uzluksiz g'or og'ziga sudralib
borishar, ona bo'ri dam-badam ularni qaytarishga majbur bo'lardi.
Ana o'shanda bo'ri bolasi onasining yalab-yulqaydigan huzurbaxsh
tilidan boshqa o'zga xususiyatlari ham borligining guvohi bo'ldi.
Jon-jahdi bilan nurga talpinar ekan, u onasining tum shug'i borligi
va haddidan oshganda jazolash uchun shu tum shug'i bilan turtkilashi
m um kinligiga ishonch hosil qildi, so'ngra yiqitib o'zin i bir zum da
dumalatib g'orning ichkarisiga keltirib qo'yishga qodir baquwat panjalari
ham borligini sezdi. Shu tariqa u birinchi marta og'riq nim aligini his
qildi va iloji boricha undan qochadigan bo'ldi, dastlab bunday jazoga
loyiq sho'xliklardan o'zin i tiydi, keyin jazoga chap berish va qochishga
o'rgandi. Bu endi har xil voqealardan o'zich a xulosa chiqarish natijasi
edi. Shu choqqacha u o'zi anglagan holda nurga qanday talpingan
bo'lsa, xuddi shunday kaltakdan qochardi. Endi bo'lsa kaltakligini bilgani
uchun qochishga urinardi.
U o'ta yovuz bo'rivachcha edi. Boshqa bo'richalar ham undan
qolishmasdi bu tabiiy. Chunki u xom go'sht yeb kun ko'ruvchi yirtqichlar
zurriyoti edi. D unyoga kelgan kunidan boshlaboq em gan ona suti xom
qon sizib oqayotgan go'shtdan hosil bo'lardi, hozir tug'ilganiga bir oy
to'lib, ko'zlari bir hafta ilgari ochilgan chog'ida sut yetkazib berolm a-
ganidan besh nafar bolasiga ona bo'ri chaynab tutayotgan go'shtdan u
ham pok-pokiza tushira boshlagan edi.
Kulrang bo'ri bolasi kun sayin yirtqichlashib, yovuzlashib borardi.
Ham zotlariga nisbatan bo'g'iqroq va qattiqroq irillar, g'azabi xuruj
Do'stlaringiz bilan baham: |