Bo'ri bolasini qo'rquv bosdi. N otan ish va vahimali narsalar ko'pay-
gandan ko'payardi. U g'or og'zida qunishib oldi-da, ko'z o'ngida gavda-
langan borliqni ko'zdan kechira boshladi. Naqadar dahshat! Barcha
notanish narsalar tahlikali tuyulardi unga. U ning junlari tikraydi, so'yloq
tishlarini ko'rsatib g'azab bilan vahshiyona tarzda irillashga tushdi.
O 'takasi yorilgan m ittigina bo'ri bolasi butun olam ga qarshi bosh
ko'tarm oqda edi.
Lekin ham m asi yaxshilik bilan tugadi. B o ‘ri bolasi shunchalar berilib
tom osh a qilar ediki, azbaroyi, irillash kerakligini, hatto qo'rquvni ham
unutdi. U n in g vujudida tobora kuchayib borayotgan hayot vaqtinchalik
b o ‘lsa-da, q o ‘rquvni yenggan va ana shu q o ‘rquv o ‘rnini qiziqish egalla-
gan edi. B o ‘ri bolasi ko'z oldida gavdalangan manzarani: quyosh nurla-
rida yarqirab oqayotgan anhorning bir q ism in i, qiyalikdagi qurigan
qoraqarag'ay va t o ‘g ‘ri g'or og'ziga borib taqalgan qiyalikni ro'yirost
ajrata boshladi.
Shu choqqacha kulrang bo'ri bolasi tekis yerda yashab kelgan, hali
biron m arta yiqilib azob ini totim agan — u hatto yiqilishn in g o 'z i
nimaligini bilmasdi, shuning uchun bemalol, hech ikkilanmasdan oldinga,
havoga qadam qo'ydi. Orqa oyoqlari g'orga kiraverishdagi do'nglikka
tiralib q old i-yu , boshi bilan pastga sho'ng'idi. T um shug'i yerga urildi-
da, qattiq og'riqdan uvlab yubordi va o'm b aloq oshib, qiyalikdan pastga
dum alab ketdi. U vahim aga tushdi. O xir-oqibat nom a'lum niyat uni
o 'z iskanjasiga oldi va hukm ini o'tkazib azob berishga tayyorgarlik
ko'ra boshladi. Vujudida kuchayib borayotgan hayot yana qo'rquvga
Do'stlaringiz bilan baham: |