bajarayotgandek, to'rttala oyog'ini baravariga o'ynatib, suza ketdi. Yaqin-
roqdagi qirg'oq qolib u b or-yo'g'i bir metr cham asi narida ed i — xiyla
olis bo'lgan narigi qirg'oq sari talpindi. A nhor o'zan i kambar ed i-yu ,
lekin xuddi shu yerda keng yoyilib oqardi.
A nhor o'rtalariga borganda suv bo'ri bolasini quyiga — ostonatoshlar
tom onga oqizib ketdi. Bu yog'iga o'zan yana torayar, ensizlashganidan
oqim tezlashib, suzishni qiyinlashtirardi. Bo'ri bolasi dam suv sathiga
chiqar, dam boshi — ko'zi bilan suv ostiga kirib ketar edi. T ezob suv
oqim i bo'ri bolasini u yoqdan-bu yoqqa uloqtirar, goh yonboshiga,
goh chalqanchasiga ag'darar, toshlarga olib borib urardi.
Ostonatoshlardan o'tgach, anhor o'zani yana kengayardi, bo'ri bolasi
girdobga tushib q old i-yu , suv aylanib-aylanib uni sohilga eltib, sayoz
yerga ohista qo'ndirdi. U tirishib-tirm ashib suvdan chiqib o ld i-d a yotdi.
U ning borliq bilan tanishuvi davom etardi. Suv jonsiz bo'lsa ham harakat
qilayapti. U n d an tashqari bir qaraganda u qattiq, yerga o'xshaydi, aslida
esa hech q achon bunaqa bo'lm agan. Bo'ri bolasi narsalar ko'rinishidan
chalg'itishi m um kin ekanligini tushundi. Ajdodlarining o'zlarini qurshab
turgan olam dan shubhalanishlari n o m a ’lum narsalardan qo'rqish hissi
sifatida unga m eros bo'lib o'tganligi muqarrar ediki, ana shu narsa
voqelik bilan yuzm a-yuz bo'lgan ch o g ‘ida kuchaygandan kuchaym oqda
edi. Bundan buyon to abad narsalar va hodisalarning tashqi k o ‘rinishiga
u hech qachon ishonm aydi, uning hikm at t o ‘la sabog‘i shu! Ularga
ishonishdan oldin aslida ular qanday, ana shuni bilib, shunga ishon ch
hosil q ilm og‘i shart!
Do'stlaringiz bilan baham: |