Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Download 40.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Jek London. Oq so\'yloq (qissa)
Uchinchi bob
YAKKAMOXOV L ip-L ip Oq S o'yloqning hayotini shun chalik zah arlar ediki, pirovardida u haddan tashqari yovuzlashib, shafqatsiz bo'lib ketdi. Holbuki, tabiat unga boshqa narsalarni ham ato etgandi. T o'g'ri, u tabiatan vahshiy.edi, lekin endi Lip-Lip tufayli haddidan oshdi. Hatto u yovuzligi bilan odam lar orasida m ashhur b o ‘lib ketdi. H ar safar qishloqda itlar hurib, ular orasida nizo-janjal qo'zg'alsa yoki go'sht o ‘g ‘irlanganini bilib qolgan xotin-xalajlar shovqin k o ‘tarsa, bunga faqatgina Oq So‘yloq sabab ekaniga hech kim shubha qilmasdi. Odamlar nim a sababdan shunday voqea yuz berganini tekshirib o'tirishmasdi. U lar faqat yoki bu hodisa nima bilan tugaganining guvohi bo'lishardi, xolos. Oq So'yloq olg'irligi, muttahamligi va janjalkashligi bilan nom chiqardi, hindu ayollar uni bo‘ri deb tilga olishardi, bir kunm as-bir kun o'zining boshini yeydi, deb hukm chiqarishardi, u esa pinagini buzmas, xotinlardan ko'z uzmay kaltak yoki tosh bilan urib qolishmasin deb tayyor turardi. Oq So’yloq qishloqda yakkamaxov bo'lib qolgandi. 0 ‘zi tengi barcha kuchuklar Lip-Lipdan ibrat olishardi. U lar bilan Oq So‘yloq o'rtasida qandaydir tafovut ko'zga tashlanardi. Kim biladi, itlar ehtim ol uni begona deb hisoblashar hamda hech qachon xonaki it bilan bo'ri kelishol- magani kabi besababdan besabab unga nisbatan kek saqlashardi. N im a bo'lgan taqdirda ham ular har qalay Lip-Lip tom onda edilar. Itlar Oq So'yloqqa yomonlik qilishar va buning jiddiy va asosli sabablari bor edi. Ularning hammasi Oq So'yloqdan ozor chekkan, shu m a’noda aytish mumkinki, Oq So'yloq o'z dushmanlaridan boplab o'ch ola bilardi. Yakkama-yakka olishuvda ko'pincha itlarning dodini bera olardi-yu, biroq imkon topilmasdi bunga. Chunki Oq So'yloq bironta it bilan g'ijillashib qoldi deguncha, qishloqdagi barcha yosh itlar darhol yetib kelar va unga tashlanardi. Itlar bilan adovati Oq So'yloqning ikki narsani tushunib yetishiga sabab bo'ldi: qanday bo'lm asin to'dadan darhol qochish va raqiblardan biri bilan yakkama yakka qolganda imkon boricha qisqa fursat ichida ko'proq jarohat yetkazishga ulgurish, ham da to 'rt tom ondan qurshab olgan dushmanlari orasida yiqilib qolmaslik — bu o'z hayotini saqlab qolish. U sira yiqilmas, shu jihati bilan mushukni eslatardi. H atto katta- katta itlar ham uni istagancha turtishlari mumkin — Oq So'yloq ortiga chekinar, irg'ishlar, u yoq-bu yoqqa o'zini otar, lekin oyoqlari chalishib ketmas, qisqasi yiqilmasdi. H ar olishuvdan oldin itlar albatta bitta qoidaga amal qilishadi, irillaydi, bir-birining atrofida aylanib yuradi, junlari hurpayadi. Oq So'yloqning bunaqa odati yo'q edi. Ozgina hayallasa bas, itlar gala-gala yetib keladi. Qancha tez harakat qilsa, qochishiga shuncha oson. Oq So'yloq hech qachon niyatini sezdirmasdi. U ohanjam a qilib o'tirm ay hamla qilar, dushmanini g'aflatda qoldirib g'archcha tishlar, etlarini uzib-uzib olardi. Shu tariqa u itlarning dabdalasini chiqarishga o'rgangan edi. Bundan tashqari Oq So'yloq raqibi kutmaganda, to'satdan hujum qilib yelkasini yorib tashlash, qulog'ini g'ajish kerakligini, shundagina ko‘zlagan maqsadiga erishishi m um kinligini yaxshi uqib olgandi. Dovdirab qolgan har qanday itni bir zarb bilan yiqitish oson ekaniga aqli yetardi, zero yiqilgan itning bo'yni, eng zaif yeri kekirdagi himoyasiz qolardi. Oq So'yloq bu zaif joyning qayerdaligini yaxshi bilardi. Bu tajriba, bu bilim ajdodlaridan unga meros bo'lib o'tgandi. H am la qilayotgan mahal u birinchidan, itning yolg'iz qolishini, ikkinchidan, kutilmaganda tashlanib uni yiqitishni, uchinchidan, darhol kekirdagidan olishni qoida qilib olgandi. Oq So'yloq hali yosh, jag'lari yetarli darajada rivojlanmagan, shuning uchun bir hamlada raqibini bir yoqli qilolmasdi, shunga qaram ay qishloqda juda ko'p kuchuklarning bo'ynida Oq So'yloq tishlarining izi qolgandi. Bir kuni ashaddiy dushm anlaridan birini o'rm on yoqasida tutib olib kekirdagini uzib tashlagan edi. O'sha oqshom qishloqning tinchi buzildi. Uning qilmishini sezib qolishdi, bu haqdagi gap-so'zlar o'lgan itning egasiga ham yetib bordi. Xotin-xalaj Oq So'yloqning barcha qilmishlarini aytib, janjal ko'tardi-da, oqibat Kulrang Qunduzning uyi oldiga olomon to'plandi. Lekin Kulrang Qunduz chaylasiga hech kim ni qo'ym adi ham da o 'z qabiladoshlari qo'liga Oq S o'yloqni topshirishdan bosh tortdi. Oq So'yloqni odamlar ham , itlar ham birday yomon ko'rishardi. Uni birdaqiqa bo'lsin tinch qo'yishmasdi, uchragan it unga tishini qayrar, duch kelgan odam uni urmoqchi bo'lardi. Hamzotlari uni ko'rganda irillasalar, odamlar qarg'ashar, tosh otishardi. U har doim hushyor va sergak yurardi. Har daqiqa ham la qilishga, hujumni qaytarishga yoki kaltakka chap berishga shay yurardi. U tishlarini irshaytirib raqibiga tashlanadimi yoki vahshiyona o'kirib ortiga chekinadimi, farqi yo'q, hamisha tez va sovuqqonlik bilan harakat qilardi. Irillashga kelganda unga yetadigan it topilmasdi. Irillashdan maq- sad - dushmanni ogohlantirish yoki qo'rqitish, shuning uchun qachon va qanday sharoitda bu vositani qo'llash lozimligining farqiga borish shart. Oq So'yloq ana shu hunarni yaxshi egallagandi. U shunday g'azab bilan o'kirar ediki, dushmanining o'takasini yorib yuborardi. Uning pir- pir uchayotgan burun kataklari, hurpaygan junlari, ilondek bilanglayotgan qizg'ish tusli tili, chimirilgan quloqlari, vahshiyona yonayotgan ko'zlari va so'yloq tishlarini ko'rgan itlarning shaxdi so'nardi. Oq So'yloqni g'aflatda qoldirib hamla qilishgan mahal u nima qilish zarurligini bir soniyada hal qilar va o'zini o'nglab olardi. Biroq ko'pincha shunday daqiqalarda raqibi jang qilishdan bosh tortar, vahshiyona o'kirish tufayli u hatto tajribali itlar bilan to'qnashuvda ham ularning o'takasini yorardi. Oq So'yloqni to'daga qo'shm ay unga qarshi xusumati bo'lgan tajri- basiz, hali xom kuchukchalar shu bois uning qahr-g'azabiga giriftor bo'lishardi. Ish shu darajaga borib yetdiki, endi Oq So'yloqning bironta raqibi to'dadan ajralib bir qadam nari ketolmasdi. Oq So'yloq bunga yo'l qo'ymasdi. Kuchuklar har daqiqa uning ham la qilib qolishidan cho'chir, birontasi yakka-yolg'iz yurishga ju r’at qilolmas edi. Lip-Lipdan boshqa barcha itlar qaqshatg'ich dushmanlarining hujumini birgalikda qaytarish maqsadida to 'd a -to 'd a bo'lib yurishga majbur edilar. Bir o'zi suv ichgani daryo bo'yiga borib qolgan it zoti borki sho'ri qurirdi. Lekin Oq So'yloq bir-birlaridan ajramay yurishganda ham o'ch olishni qo'ymadi. U itlarni bitta-bitta tutib adabini berardi, ular butun to'da bilan unga tashlanishardi. Oq So'yloqni ko'rdi deguncha, itlar kelishib olgandek baravariga uni quvlab qolishardi, shunday vaziyatda Oq So'yloqni ildam oyoqlari asrardi. Biroq, quv-quvga berilib ketib sheriklaridan ancha oldinga o'tib qolgan itning holiga voy. Oq So'yloq ilkis o'girilib, o'sha itga tashlanib qolardi. Bunday hodisa tez-tez sodir bo'lib turardi, chunki itlar quvish bilan bo'lib dunyodagi hamma narsani unutishar, Oq So'yloq esa hech qachon hushyorligini yo'qotmasdi. U har daqiqada shartta o'girilib sheriklaridan ajralib chiqqan tirishqoq va abjirroq ta ’qibchiga tashlanib qolish uchun dam-badam ortiga qarab yugurib borardi. Yosh kuchuklar o'yinga o'ch bo'ladilar, Oq So'yloqning dushmanlari o'zlari sezmagan holda Oq So'yloqning hiylasiga uchib dushmanchilikni zavqli ermakka aylantirib yuborishardi. Bo'ri bolasini zirillatib quvlash itlar uchun sevimli mashg'ulotga, ermakka aylangandi. T o'g'ri, bu o 'ta xatarli ermak edi. Tez yugurishda ulardan birontasi bas kelolmaydigan Oq So'yloq xavf-xatarga qarab o'tirmasdi. Kichining qaytib kelishidan hali umidi uzilmagan kezlarda Oq So'yloq o'zini quvib kelayotgan to'dani ko'pincha qo'shni o'rm on tom onga boshlardi. Ammo itlar uni o'sha yerda ham quvib yetolmasdi. Itlarning angillagani va hurishiga quloq solib Oq So'yloq ularning qayerda ekanini ajratardi, o'zi esa daraxtlar oralab tovush chiqarmay yugurib borardi. Qolaversa, itlarga qaraganda Kimsasiz Shimol bilan u qattiqroq bog'langandi, bu yerlaming past-u balandini u yaxshi o'rgangan edi. K o'pincha Oq So'yloq bunday hiyla ishlatardi: anhorni suzib o'tib izini yo'qotardi-da, butazorda o'zini izlab, u yoqdan bu yoqqa ovora-yu sarson yugurayotgan itlarning shovqiniga quloq solib yotardi. O 'z hamzotlari bilan odamlarning nafratiga duchor bo'lgan va doim ham m a bilan q irp icho q b o 'lib yurgan Oq S o 'y lo q ju d a tez, bir tom onlam a yetilib borardi. Bunday hayot na m ehr-shafqat, erkalashga bo'lgan ehtiyoj uyg'otardi vujudida. Ayni chog'da o'zi ham mehribonlik qilolmas hamda birovni erkalatolmasdi. Bilgani birgina qonun — zo'rga itoat et, zaifni ez, xo'rla! Kulrang Qunduz sen uchun xudo, qudratli, shuning uchun Oq So'yloq unga itoat etardi. Ammo itlar — qaysiki undan yosh va ojiz, ularni yakson qilish kerak. Oq So'yloqning vujudida hayoti uchun tahdid soluvchi xavf-xatarga qarshilik ко‘rsatishga ko'mak beruvchi xususiyatlar takomillashardi. Uning oriq, qayishqoq badanida arqondek pishiq, temirdek qattiq mushaklar paydo bo'ldi. Epchillik va ayyorlikda unga teng keladigani yo'q edi, u barcha itlardan ko'ra ildamroq yugurar, olishuv chog'ida ularga nisbatan rahmsizroq, yovuzroq, chidamliroq, shafqatsizroq bo'lardi. Oq So'yloq shunday bo'lishga majbur edi, aks holda taqdir taqozosiga ko'ra hayot kechirayotgan omonsiz muhitda tirik qolmagan bo'lardi. Download 40.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling