Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi


'fut — uzunlik o‘lchovi, 30,48 santimetr


Download 40.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/123
Sana03.06.2024
Hajmi40.05 Kb.
#1840469
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123
Bog'liq
Jek London. Oq so\'yloq (qissa)

'fut — uzunlik o‘lchovi, 30,48 santimetr.
2 funt — og'irlik oMchovi, 490,5 gramm.


jo ‘nadi. Oq So'yloqning dovrug'i olamga ketgan edi. U «jangovor bo'ri» 
degan nom bilan shuhrat qozongan, shu bois palubada uning qafasi 
oldidan ishqivozlar arimasdi. U irillab tom oshabinlarga sapchir yoki 
ularga ochiqdan-ochiq nafrat bilan qarab yotardi. N ahotki, bu odam lar 
uning nafratiga sazovor bo'lm asa? Oq So'yloq o'zidan hech qachon 
bunday deb so'rolmas edi. U yolg'iz shu tuyg'uni bilar va o'zini butunlay 
shu tuyg'u izmiga lopshirgan edi. Hayot uning uchun turgan-bitgani 
azobga aylandi. Inson qo'liga tushgan barcha yirtqich hayvon singari u 
ham qafasda yashay olmasdi. Afsuski, u tutqunlik azobiga ko'nikishdan 
o'zga iloji qolmagandi.
Bekorchi erm aktalablar Oq So'yloqni tom osha qilishar, panjara 
orasidan tayoq suqib jig'iga tegishardi, Oq So'yloq irillaganda masxara 
qilib kulishardi. M ana shu odam lar shunchalik g'azabini qo'zg'ashar 
ediki, it qanday chidayotganiga ajablanardi odam. Lekin tabiat unga 
moslashish qobiliyatini ham ato etgandi. O 'zga hayvonlar nobud 
bo'ladigan yoki itoat etishdan boshqa iloj topolmaydigan vaziyatlarda 
Oq So'yloq sharoitga moslashar va o'jarligini tashlamay yashayverar 
edi. Ehtimol, bir zam onlar kelib iblis qiyofasidagi X ushro'y Smit oxir- 
oqibat Oq So'yloqni egib olar ham , ammo hozircha uning barcha 
urinishlari zoye ketmoqda edi.
Xushro’y Smit o'z tabiatiga ko'ra iblisdan farq qilmas, vaholanki, 
Oq So'yloq ham undan qolishmas edi. U lar o'rtasida adoqsiz jang borar, 
biri egib olmoqchi, ikkinchisi itoat etishni istamasdi. Ilgari tayoq bilan 
qurollangan insonga bo'ysunish kerakligini Oq So'yloq yaxshi tushunardi, 
endi bo'lsa aksini qilardi. Xushro'y Smitni ko'rdi deguncha g'azabdan 
o'zini qo'yarga joy topolmay qolardi. U lar yuzma-yuz kelib, kaltakdan 
qafas burchagiga qochib borganda ham Oq So'yloq irillab, tishlarini 
taqillatishini qo'ym asdi. Unga bas kelib bo'lm asdi. X ushro'y Smit 
xohlagancha ursin, qiynasin — ammo u taslim bo'lmasdi. Xo'jayin urishdan 
to'xtab nari ketishi bilanoq Oq So'yloq qafas simlariga o'zini urar va 
butun vujudini larzaga solayotgan nafratga chidayolmay uv solardi.
Dousonga kelgach, Oq So'yloqni qirg'oqqa olib tushishdi. Afsuski, 
bu yerga kelib ham uning hayotida zarracha o'zgarish sodir bo'lm adi — 
u hamon hammaning ko'z o'ngida qafasda yashar, atrofidan bekorchilar 
arimasdi. Xushro'y Smit «jangovor bo'ri»ni namoyish etish uchun qafasni 
ochiq yerga qo'ygan, odam lar ellik sent badaliga oltin qum to'lab uni 
tom osha qilishardi. Oq So'yloq butunlay halovatini yo'qotdi. Agar u 
uxlayotgan bo'lsa tayoq bilan turtib uyg'otishar edi. Tom oshabinlar 
pullariga yarasha tom osha ko'rishni istar edilar. Tom osha qiziqarliroq 
bo'lishi uchun esa Oq So'yloqni holi-joniga qo'yishmasdi.
Ham m adan ham u yashayotgan sharoit nihoyatda chatoq edi. Unga 
yirtqich hayvonga qaragandek qarashar, odamlarning m ana shu muno-


sabati Oq So'yloq hayotini zaharlar edi. Ularning har bir so'zi, xatti- 
harakatlaridan o'zining qahr-g'azabi ularga qanchalar dahshatli ta ’sir 
qilayotganini uqib olardi. Bu olovga yog' quygan bilan barobar edi, 
oqibat Oq So'yloqning yovuzligi kunm a-kun kuchayardi. Bu ham uning 
o'zi yashayotgan muhitga nechog'lik tez moslasha olish qobiliyatidan 
darak berardi.
Xushro'y Smit Oq So'yloqni tomosha qildiribgina qo'ymay, chinakam 
urishqoq it qilib ham tarbiyaladi. Urishtirish imkoni tug'ildi deguncha, 
Oq So'yloqni qafasdan chiqarib shahardan bir necha m il1 naridagi 
o'rm onga olib borishardi. Bu odatda, mahalliy politsiya sezib qolmasligi 
uchun kechasi uyushtirilardi. Oradan bir necha soat o'tgach, tongga 
yaqin, tomoshabinlar bilan raqibi hozir bo'lardi. Oq So'yloq zoti va 
katta-kichikligi turlicha itlar bilan olishishiga to'g'ri keldi. U vahshiyona 
odatlar hukm surgan mamlakatda yashar, bu yerning odamlari ham 
vahshiy edi, itlar jangi esa odatda raqiblardan birining o'lim i bilan 
tugardi.
Ammo, Oq So'yloq omonsiz olishuvlarda qatnashar, binobarin 
raqiblari jangdan omon chiqmasdi. U mag'lubiyat nimaligini bilmasdi. 
Bolaligida Lip-Lip va gala-gala kuchukchalar bilan olishaverib pishib 
ketgan Oq So'yloqning tajribasi hozir unga qo'l kelardi. Uning oyoqlari 
baquw at edi va shu narsa joniga oro kirardi: raqiblaridan birontasiga 
uni yiqitish nasib etmagandi. H am on tomirlarida ajdodlari — bo'rilar 
qoni gupirib oqayotgan itlar o'zlari yoqtirgan jangovor usullarni ishga 
solar edilar, raqibni gavda bilan urib yiqitish niyatida tikka yoki tuyqus 
yonboshdan tashlanib qolishardi. Tozilar, ovchi itlar, ovcharkalar, 
nyufaundlendlar Oq So'yloqni shu yo'l bilan yiqitishga besamar urinib 
ko'rishardi. Shu choqqacha Oq So'yloqning kalovlanib qolganini kimsa 
ko'rmagan edi. Odamlar bu haqda bir-birlariga so'zlab berishar va har 
safar, endi albatta yiqitishadi deb kutishar, ammo Oq So'yloq umidlarini 
puchga chiqarardi.
Oq So'yloq favqulodda chapdast va shiddatli edi, shu bilan birga 
yashindek tezkorligi bilan raqibini dog'da qoldirardi. H atto eng tajriba- 
lilari ham bunaqa chapdast itni uchratmagandilar. Uning kutilmagan 
hamlalarini aytmaysizmi?! Odatda jang boshlanishidan oldin itlar tish­
larini taqillatish, hurpayib olish, irillashlardan so'ng jang boshlanardi. 
Oq So'yloq bilan olishgan aksari itlar esa hali jang boshlanmayoq kutil­
magan hamladan o'nglanm ay oyog'i osm ondan kelar va kuni bitar edi. 
Hadeb shunday bo'laverganidan, raqibining belgilangan qoidani baja- 
rishiga va hatto birinchi bo'lib tashlanishga imkon yaratish uchun Oq 
So'yloqni ushlab turadigan bo'lishdi.

Download 40.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling