Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Download 40.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Jek London. Oq so\'yloq (qissa)
Uchinchi bob
NAFRAT SALTANATI Esi past xo'jayinining qo'lida Oq So'yloq vahshiy yirtqichga aylandi. Q al'aning ko'zdan yiroq chekkasida bir tashlandiq yer topib, atrofini o'rab X ushro'y Smit itni o'sha yerga qam adi va zanjir bilan bog'lab qo'ydi, so'ng arzimas, lekin ezadigan tirg'alishlar bilan jig'iga tegib quturtirib yuborishga kirishdi. K o'p o'tm ay u Oq So'yloqning ustidan kulishlariga sira toqat qilolmasligini sezib qoldi-yu, qiynab bo'lgach qah-qah urib kuladigan odat chiqardi. Masxara qila turib Xushro'y Smit barm og'ini nuqib po'pisa qilar, it esa o'zini tutolmay jazavaga tushar, quturgandan quturar, shunday lahzalarda u vahshiylikda Xushro'y Smitdan o'tib ketganday bo'Iar edi. Shu choqqacha Oq So'yloq faqat o 'z zotidan bo'lgan jonivorlarni dushman deb bilar, ularni behad yomon ko'rardi. Endi u jamiki tirik jonni dushman deb hisoblaydigan bo'ldi. X ushro'y Smitning xo'rlashlari uni shunchalar zada qilib qo'ydiki, oqibat ko'r-ko'rona hamma narsadan va hatto odam lardan ham nafratlanadigan ko'yga tushdi. U bo'yniga bog'langan zanjirni ham , taxta devor tirqishlaridan m o'ralayotgan kimsalarni ham , odamlarga ergashib kelgan itlar, ularning darg'azab irillashlarini ham yomon ko'rardi. Oq So'yloq gir aylanib o'ralgan devor taxtalarini ham yomon ko'rardi. Ammo hammasidan ham Xushro'y Smitni ko'proq yomon ko'rardi. Oq So'yloqni bunaqa qiynashdan X ushro'y Smitning ko'zlagan aniq maqsadi bor edi. Kunlardan bir kun qo'ra yonida bir necha kishi to'plandi. X ushro'y Smit ichkariga kirib Oq So'yloqni zanjirdan bo'shatdi. U qo'radan chiqib ketishi ham ono Oq So'yloq ichkariga mo'ralayotgan kimsalarga ham la qilgudek o'zini u yoqdan-bu yoqqa ota boshladi. G 'azabdan quturib ketgan lahzalarda, Oq So'yloq boshqacha bo'lib ketardi. Uzunligi besh fut1, bo'yi ikki fut, og‘irligi to ‘qson funt2 keladigan bu it eng yirik, bahaybat bo'ridan ham yirikroq edi. Bu jihatdan onasiga tortgan, badanida esa bir paysa yog‘ yo'q edi. U ning jismi bamisli mushak, suyak, paylardangina iboratga o ‘xshar — jangari itlar singari vaznida bir to'g'ram ortiqcha go'sht sezilmasdi. To'siq eshigi yana qiya ochildi. Oq So'yloq to'xtab eshikka qaradi. Qandaydir tushunuksiz voqea yuz berayotgandi. Eshik kengroq ochildi va to'satdan ichkariga bahaybat itni qo'yib yuborishdi-yu, o'sha zahoti eshik qarsillab yopildi. Oq So'yloq umri bino bo'lib bunaqa it zotini ko'rmagan edi (u mastif edi), lekin begona itning haybati va vahmasidan andak bo'lsin esankirab qolmadi. Uning qarshisida daraxt emas, temir emas, tirik mavjudot turar va alamini undan olishi mumkin edi. U tishlarini yaraqlatib mastifga sapchidi va uning bo'ynidan g'archcha tishladi. M astif boshini siltab tashladi-da, irillagancha Oq So'yloqqa tashlandi. Jang keskin tus oldi. Oq So'yloq u yoqdan-bu yoqqa irg'ishlar, raqibiga chap berar, shu bilan birga uni tishlab ham ulgurar edi. Tomoshabinlarqiyqirar, olqishlar, Xushro'y Smit esa terisiga sig'may raqibining holini tang qilib qo'ygan Oq So'yloqqa suq bilan tikilardi. Boshidanoq beso'naqay, qovushmagan mastifning yengilishi aniq edi. darhaqiqat jang ham Xushro'y Smitning Oq So'yloqni tayoq bilan urib haydashi, chalajon mastifni esa tashqariga sudrab chiqishlari bilan yakunlandi. Keyin garov o'ynab yutqizganlar pulini berishdi-yu. Xushro'y Smit mo'maygina pul yutib oldi. Shu kundan e’tiboran Oq So'yloq g'ov atrofida yana odamlar to'pla- nadigan lahzalami sabrsizlik bilan kutadigan bo'ldi. Chunki odam to'planishi jang bo'ladi degani, jang esa nimalarga qodir ekanligini namoyish etish uchun yagona imkon berardi. Qafasda — tutqinlikda o'tiraverib, xo'rlik va qiynoqlardan vahshiylashgan Oq So'yloq egasi yoniga biron itni kirgizib yuborgan chog'da nafratini o'sha itga sochar va shu tariqa jon-jonini, butun o'rtab yuborgan alamdan xalos bo'lardi. Chamasi, Xushro'y Smit Oq So'yloqning kuch-quwatini hisobga olgan holda ish tutardi. Chunki Oq So'yloq bunday omonsiz olishuvlardan doim g'olib chiqardi. Bir kuni uning yoniga ketma-ket, navbat bilan uchta itni qo'yib yuborishdi. Bir necha kundan keyin esa hozirgina tutib keltirilgan bahaybat bo'rini qo'yishdi. Boshqa safar birvarakayiga ikkita it bilan olishishiga to'g'ri keldi. U ishtirok etgan janglarning eng og'iri shu bo'ldi, garchi ikkala raqibini tinchitgan bo'lsa ham, jang nihoyasida o'zi ham hoidan toydi. Kuzda, birinchi qoryog'ib daryo betini yupqa muz qoplagan mahal X ushro'y Smit Oq So'yloq bilan kemada Yukon daryosi orqali Dousonga Download 40.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling