Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi


«La ’nati bo ‘ri hech narsa qilmay qo ‘ydi. Suv ham ichmayapti, juda


Download 40.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet117/123
Sana03.06.2024
Hajmi40.05 Kb.
#1840469
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123
Bog'liq
Jek London. Oq so\'yloq (qissa)

«La ’nati bo ‘ri hech narsa qilmay qo ‘ydi. Suv ham ichmayapti, juda 
shashti past. Itlar unga y o ‘l bermay qo'yishdi. Sizni qayerga ketganin- 
gizni bilgisi kelyapti, men unga tushuntirib berolmayman. 0 ‘lib qolmasa 
deb qo'rqaman».
Mett aldamayotgan edi. U nihoyatdaezilib ketgan, hech narsa yemas, 
o'ziga tashlanib qolgan itlarga qarshilik ko'rsatm asdi. K un-uzzukun 
ham m a narsani unutib pechka yonida yotar, ovqatga qayrilib qaram as, 
M ett bilan ishi bo'lm as, yotgani-yotgan edi. M ett uni erkalashga urinib 
ko'rdi, baqirib ko'rdi — foydasi bo'lm adi. Oq So'yloq xira tortgan 
ko'zlarini ochib qarar, so'ng yana shilqillab, boshini old panjalariga 
qo'yib olardi.
Bir kuni kechqurun Mett stolda kitob o'qib o 'tira r ekan, birdan Oq 
So'yloqning zorlanib g'ingshigani diqqatini bo'ldi. Oq So'yloq quloq- 
larini ding qilib, eshikka qadalib qoldi. Bir daqiqa o 'tar-o 'tm as M ett 
qadam tovushlarini ilg'adi, eshik ochilib U idon Skott kirib keldi. U lar 
quchoqlashib salomlashishdi. Keyin Skott atrofga alangladi:
— Qani bo'ri! — deb so'radi u hayajonlanib.
Oq So'yloq pechkaning yonida turardi. U birdan o'zini otm adi, 
boshqa har qanday it shunday qilgan bo'lardi, balki xo'jayinidan ko'z 
uzmay turaverdi.
— Ana xolos! — deya qichqirayozdi Mett. — Dumini likillayotibdimi?!
Uidon Skott xona o'rtasiga chiqib Oq So'yloqni chaqirdi. Oq So'yloq
unga o'zini otmadi lekin o'sha zahoti yoniga bordi. U qim tinib-tortinar, 
ko'zlarida yangi — g'ayrioddiy bir ifoda paydo bo'ldi, m ehr va sadoqat 
nurlari ila yoshlandi.
— Siz yo'g'ingizda menga bir marta bo'lsin bunaqa qaramagandi, — 
dedi Mett.


Uidon Skott uning gapini eshitmadi. Oq So'yloq qarshisida chordona 
qurib o'tirdi-da, quloqlarining orqasi, bo'yin-yelkalarini asta silab, erkalay 
boshladi, orqasiga beozorgina qoqib-qoqib qo'ydi. Bunga javoban Oq 
So'yloq ohista irillab qo'ydi. Ammo bu hali hammasi emas. O 'zidan 
ogoh qilayotgan tuyg'uning ayon bo'lishi uchun quvonch qay tariqa 
yordam berdiykin?! D a fa ta n Oq So'yloq bo'ynini ch o'zib boshini 
xo'jayinining quchog'iga yashirdi, bu ahvolda uning faqat ikkita qulog'i 
ko'rinardi. U endi qattiqroq irillar va xo'jayinining pinjiga tobora mah- 
kamroq suqilardi.
Yigitlar ko'z urishtirib olishdi. Skottning ko'zlari charaqlardi.
— Ana xolos! — deya xitob qildi lol qolgan Mett. So'ng so'zini 
davom ettirdi, — men doim aytganman, bu it emas, bo'ri deb. Bag'rin- 
gizga bosing yaxshilab endi.
Uni sevish va ardoqlashga o'rgatgan xo'jayini kelib Oq So'yloq juda 
tez sog'aya boshladi. Kulbada u yana ikki kecha-yu ikki kunduz yotdi, 
so'ng peshayvonga chiqdi. Itlar uning jasoratini unutib yuborishgan, 
keyingi paytda ojiz va kasal ekanidan xabarlari bor edi — peshayvonga 
chiqdi deguncha har tom ondan unga qarab huriy boshlashdi.
— Ana to 'p o lo n -u mana to'polon! — deya to'ng'illadi m am nun 
qiyofada Mett ostonada turib. — Ular bilan adi-badi aytishib o'tirm a, 
qashqir! Ularning bir dodini bergin. Qani, yana, yana!..
Oq So'yloq daldaga muhtoj emasdi. Suyukli xo'jayinining kelganini 
o‘zi kifoya. Rangin vajo'shqin hayot yanatom irlaridajo'sh ura boshladi. 
U jang chog'idagina zavq-shavqdan mast bo'lardi. Bu olishuvlarning 
hammasi bir xilda, g'anim larning mag'lubiyati va urra qochishlari bilan 
yakunlanardi. Itlar qorong'i tushgandan keyingina qaytib kelishar ham da 
itoat etishlarini bildirib qo'rqa-pisa zorlanib g'ingshir edilar.
X o'jayinning pinjiga boshini suqib o 'z sadoqatini izhor etishni 
o'rgangan Oq So'yloq bundan buyon shu odatdan tez-tez foyda- 
lanadigan bo'ldi. Bu so'ngi chorasi edi, undan uyog'ini bilmasdi. 
Hammadan ham u boshini ehtiyot qilar, kimda kim teginsa chidab 
turolmasdi. Shimol o'lkasi shunday deb o'rgatgandi: tuzoqdan, ozor 
berish mumkin bo'lgan hamma narsadan saqlan, m ana shu narsa uning 
uchun qonun edi. Boshini asrash, boshini ehtiyot qilish — tabiatning 
asosiy talabi edi bu. Endi bo'lsa xo'jayinning pinjiga bosh suqar ekan 
Oq So'yloq o 'z ixtiyori bilan o'zini nochor ahvolga solardi. Shu orqali 
u xo'jayiniga cheksiz mehri va beminnat sadoqatini namoyish etar va 
bu b ilan g o 'y o : « O 'z im n i seni ix tiy o rin g g a to p s h ira y a p m a n . 
Xohlaganingni qil, ixtiyor o'zingda», der edi.
K unlardan bir kun kechqurun yotishdan oldin, Skott M ett bilan 
kribbej o'ynab o'tirardi.


— 0 ‘n besh-u ikki, o ‘n besh-u to ‘rt va yana ikki, — deya hisoblardi 
Mett. Shunda d a fa ta n tashqaridan birovning jonholatda qichqirgani 
va irillash eshitildi.
U lar bir-biriga qarab qolishdi-da, so‘ng sakrab o'rnilaridan turib 
ketishdi.
— Bo‘ri bitta-yarimtasini qopdi shekilli! — dedi M ett.
Jon achchig‘ida chinqirgan ovozni eshitib ular tashqariga otilishdi.
— Fonusni ola chiqing! — deya qichqirdi Skott yugurgancha peshay­
vonga chiqarkan. Mett fonusni ola uning ortidan yugurdi, fonus yoru- 
g'ida qorda yuz tuban yotgan kimsaga ko‘zi tushdi. 0 ‘sha odam Oq 
So'yloqning o 'tk ir tishlaridan himoya qilgandek yuz-ko'zini, boshini 
qo'llari bilan to'sib olgan edi. U shunday qilishga m ajbur edi, chunki 
Oq So'yloq g'azabdan quturib ketgan, qanday bo'lm asin notanish 
kishining kekirdagidan olishga zo'rberardi, uning ko'k paxmoq ko'ylagi, 
kamzulining yengi va ichki kiyimi parcha-parcha osilib yotar, g'ajib 
tashlagan qo'lidan tinmay qon oqardi.
Skott bilan Mett buni ko'rgan zahotlari Oq So'yloqni bynidan 
tortib ajratib olishdi. Oq So'yloq irillab ularning qo'lidan chiqib ketishga 
zo'riqar, lekin xo'jayinini tishlamasdi, aksincha uning bitta baqirishidan 
darhol uni o'chdi.
M ett o'sha kimsaning turishiga yordamlashib yubordi. O 'rnidan 
turayotganda u qo'lini tushirgan edi, Mett uning shumshuk basharasini 
ko'rib qichqirib yuborayozdi-da, ortiga tisarildi. Bu X ushro'y Smitt 
edi. U chiroq nuridan ko'zlari qisilib atrofga alanglardi. Oq So'yloqni 
ko'rib, o'takasi yorilganidan uning aft-basharasi qiyshayib ketdi.
Shu choq Mett qorda nimadir yotganini ko'rib qoldi. Fonusni yaqin- 
lashtirib etigining tum shug'i bilan zanjir va yo'g'on tayoqni tepib qor 
ichidan chiqardi. Uidon Skott tushunarli, degandek boshini sarak-sarak 
qildi. Birontasi churq etmasdi. Mett Xushro'y Smitning yelkasidan ushlab 
o ‘girdi-da ketiga qarab bir tepdi. X ushro'y Smit orqa-oldiga qaramay 
qochdi.
Xo'jayini Oq So'yloqni silab-siypab o'zicha tushuntirardi:
— Seni olib ketmoqchi bo'ldimi, a? Sen bunga yo'l qo'ymagansan, 
trimi?! Shunaqa gaplar, bu showoz chuchvarani xom sanagan ekan-da!
— Jon-poni chiqib ketgan bo'lsa kerak, o'ziyam, — deya iljayib qo'ydi 
M ett.
Oq So'yloq hamon irillashdan to'xtam asdi, biroq, sekin-asta hur- 
paygan junlari tekis bo'lib yoyildi va g'azabnok irillash q a’rida eshitil- 
may qolgan beozor ohanglar yanayam tiniqlashib, tobora balandroq 
eshitila boshladi.



Download 40.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling