Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi


odim lab ketm oqda edi. Ularning ikkovi ham pochapo'stinga o ‘ralib


Download 40.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/123
Sana03.06.2024
Hajmi40.05 Kb.
#1840469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Jek London. Oq so\'yloq (qissa)

odim lab ketm oqda edi. Ularning ikkovi ham pochapo'stinga o ‘ralib 
olishgandi. N afas olganlarida og'iz-burinlaridan chiqayotgan bug1 bir 
nafasda m uzga aylanib aft-basharalarini qoplaganidan kipriklari-yu 
yonoqlari, lablarigacha ko'rinm ay ketgandi. Ular narigi dunyodan kelib 
arvohlarni dafn etm o q ch i b o 'la yo tga n allaqanday sh a ffo f n iq ob li 
go'rkovlarga o'xshashardi. Biroq, u kim salar orzu-um idlari y o ‘lida bor 
kuch-quw atlarini sarf etish hamda n o m a’lum bepoyon koinot singari 
huvillagan, m utlaqo begona olamga — kulfatlar-u adoqsiz qiyinchiliklar 
m akoniga qadam ranjida qilgan insonlar edi.
Ular churq etm ay ilgarilab borishardi. Chor atrofni shunaqangi quyuq 
sukunat qoplagan ediki, uni bamisli q o ‘l bilan paypaslab ko'rish nium - 
kindek tuyulardi. D engiz tubida g ‘a w o s vujudini suv qanchalar qiynasa 
od am zodning aql-hushiga bu sukunat shunchalar azob berardi. U o 'z 
qonuniyatining daxlsizligi va aql bovar qilm as darajada cheksiz-chegara- 
sizligi bilan od am zod shuurining pinhoniy qatlamlariga kirib borar va 
xuddi siqilgan anordek u borlig‘i, tabiatidagi qalbaki, o'ziga ortiqcha 
bino qo'yishdek n om a’qul xususiyatlarni so'rib olar, shu tariqa za if va 
nochor hol-jonlarini ayashdan boshqasiga yaramaydigan ch ivindan-da 
farqlari yo'qligini uqtirm oqchi b o ‘lardi.
Oradan ikki soatcha vaqt o ‘tdi. Bir tutam kun tugab borliq uzra g'ira- 
shira oqshom c h o ‘kayotgan mahal zaifgina, uvillagan ovoz taraldi. Bu 
nola keskin ravishda kuchayib borib avj pardalarga chiqqanda xiyla vaqt 
zorlanib turdi-da, so'ng asta-sekin sukunat bag‘riga singib ketdi. Agar bu 
ovoz zamirida vahshiyona g'azab va ochlik azoblari yangramaganda edi, 
kimningdir ruhi-arvohi zorlanayapti deya o'ylash mumkin edi.

Download 40.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling