Oqdoryo tuman moliya bo’limi faoliyati jarayonining tashkil etilishi


Download 24.86 Kb.
bet6/7
Sana01.03.2023
Hajmi24.86 Kb.
#1239364
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
hisobot moliya bo\'limi

Bo’lim boshlig’ining vazifalari:
Bo’limning ishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish, hamda doimiy ish rejaga muvofiq olib borish;
Bo’lim boshlig’i ish rejasida belgilangan vazifalarni hamda boshqa topshiriqlarni o’z vaqtida, sifatli hamda zarur darajada bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib borish;
O’z ish faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining iqtisodiy sohasidagi hamda Institut rektorining farmoyishlari, buyruqlari, ko’rsatmalari asosida ish olib borish;
Bo’limga yuklatilgan vazifalarni sifatsiz tayyorlash holatlariga yo’l quygan xodimlarga nisbatan o’rnatilgan tartibda intizomiy jazo choralari ko’rish;
Muassasa rahbarining topshirig’iga ko’ra mablag’larni sarflash bo’yicha qaror, farmoyishlarni ekspertiza qilish va iqtisodiy tahlil o’tkazish;
Byudjet va nobyudjet mablag’lar bo’yicha smeta loyihalarini tuzish va uni tasdiqlatish uchun vazirlikka taqdim etish;
Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish muassasalari shtatlari va kontingentlari bo’yicha rejalar bajarilishi to’g’risidagi 3-2 shakl hisobotini topshirish;
3-2 shakl va 4-ta’lim statistik hisobotlari topshirilgandan so’ng o’quv yili boshiga talabalar sonidan kelib chiqqan holda professor-o’qituvchilar tarkibini aniqlash.
1-toifali iqtisodchining vazifalari:
Namunaviy shtatlar jadvalini tuzish va shtat intizomini nazorat qilish;
Xarajatlar smetasining har chorak xisobotini tuzish va ularni vazirlik hamda statistik tashkilotlarga taqdim etish;
Professor-o’qituvchi va xodimlarni moddiy rag’batlantirish xarajatlar smetasining har chorak xisobotini tuzish va ularni vazirlik hamda statistik tashkilotlarga taqdim etish;
Har chorakda O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining 2014 yil 18 noyabrdagi 4-mb-son qarori bilan tasdiqlangan 1-T shakli bo’yicha mehnat hisobotini Toshkent shahar statistika boshqarmasiga topshirib borish;
O’zbekiston Respublikasi «Davlat statistika to’g’risida»gi qonuniga asosan taqdim etilgan hamda Davlat statistika qo’mitasining 2013 yil 16 oktyabrdagi 6-mb-son qarori bilan tasdiqlangan 4-ta’lim shakli bo’yicha har o’quv yili boshiga oliy o’quv yurtlari yillik hisobotini topshirish.
Bo’lim boshlig’ining topshiriq va ko’rsatmalarini o’z vaqtida sifatli bajarish;
Talabalar kontingentini har oyning 1-15 holatiga tuzib borish;
Yuqori tashkilotlardan kelgan xatlarga javobni kompyuterga kiritish va chop qilish va boshqalar.

Download 24.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling