Oqibat global servis


Download 13.4 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.10.2023
Hajmi13.4 Kb.
#1729473
Bog'liq
oqibat nds



304700082
"OQIBAT GLOBAL SERVIS" 
MCHJ rahbariga
(STIR: 304700082)
X A B A R N O M A
Hurmatli soliq to‘lovchi!
Soliq organlari tomonidan amalga oshirilgan dastlabki tahlil natijalariga ko‘ra, 
rasmiylashtirilgan fakturadagi tovarlarning jamiyat kirimida mavjudligi o‘rganilganda, 
2500000000 so‘mlik (
QQS 300000000 .so‘m
) tovar moddiy qiymatliklari uchun fakturalar 
shubhali deb e’tirof etilgan korxonalardan qabul qilinganligi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun
Soliq kodeksining 14-moddasiga ko‘ra agar soliq to‘lovchi yagona yoki ustuvor maqsadi soliq 
to‘lamaslik tarzidagi asossiz soliq nafi olishdan yoxud o‘zi to‘laydigan soliqlarning summasini 
kamaytirishdan iborat bo‘lgan operatsiyalarni yoki operatsiyalar ketma-ketligini amalga oshirsa, uning 
bunday harakatlari huquqni suiiste’mol qilish deb e’tirof etiladi.
Huquq suiiste’mol qilingan hollarda, soliq organlari soliq to‘lovchi to‘lashi lozim bo‘lgan 
soliqlarning summalarini aniqlashda huquqni suiiste’mol qilish alomatlariga ega bo‘lgan ayrim 
operatsiyalarni yoki operatsiyalar ketma-ketligini e’tiborga olmaslikka haqli. Shuningdek soliq organlari 
to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar summalarini bunday suiiste’mollikning ta’sirini istisno etadigan tarzda 
o‘zgartirishga haqli.
Soliq kodeksining 266-moddasida agar hisobga olish huquqi tovarlarni (xizmatlarni) olish bo‘yicha 
qalbaki yoki ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitim natijasida vujudga kelganligiga oid dalillar mavjud 
bo‘lsa, soliq organlari hisobga olishni bekor qilishni yoki unga tuzatishni amalga oshirishga haqli ekanligi 
belgilangan.
Agar jamiyatda mazkur operatsiyalarni haqqoniy amalga oshirilganligini (qalbaki 
yoki ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilmaganligini) tasdiqlovchi ma’lumotlarni (hujjatlar) 
mavjud bo‘lsa, ushbu asoslovchi ma’lumotlarni (hujjatlar) 
5 kunlik muddatda
Toshkent viloyati soliq boshqarmasiga (
Muqumov Aziz, 
tel:90-908-00-83
va 
tel:93-
155-55-06
 
) taqdim qilinganida, soliq boshqarmasining tegishli xulosasiga asosan 
EHFda ko‘rsatilgan QQS summasini hisobga olish huquqi qayta tiklab berilishini ma’lum 
qilamiz.
2023 - yil 16 - iyun
19/9-62357 - son


Qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan quyidagi hujjatlar mazkur 
operatsiyalarni haqqoniy amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib xizmat 
qilishi mumkin: 
- tuzilgan shartnomalar (asl nusxasi);
- to‘lov hujjatlari;
- tovar-transport yuk xatlari va ishonchnomalar;
- tovarni yuklab-tushirish, qatnash va saqlash bo‘yicha asoslar, u bo‘yicha ishchi 
kuchi sarfi;
- tovarni sarflanishi va bugungi kunda qoldiqda mavjud bo‘lgan tovarlarning 
ro‘yxati, foto va video suratlari.
Shu bilan birga, ushbu ma’lumotlar soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali ham 
taqdim etilishi mumkin.
Izoh: Bu kabi holatlar soliq xavfi (risklari) sifatida baholanib Vazirlar Mahkamasining 
2021-yil 7-yanvardagi 1-son qaroriga asosan soliq tekshiruvlari tayinlashga asos bo‘lishi 
mumkin.
Boshqarma boshlig'ining 
birinchi o'rinbosari
M.Djumaniyazov


Ijrochi: Sh.Chuliyev
Tel.: 78-150-49-52
ID: 38634881
Sana: 16.06.2023

Download 13.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling