Oqibat global servis
Download 13.4 Kb. Pdf ko'rish
|
oqibat nds
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2500000000 so‘m
- 5 kunlik muddatda Toshkent viloyati soliq boshqarmasiga ( Muqumov Aziz, tel:90-908-00-83 va tel:93
- Boshqarma boshligining birinchi orinbosari M.Djumaniyazov
304700082 "OQIBAT GLOBAL SERVIS" MCHJ rahbariga (STIR: 304700082) X A B A R N O M A Hurmatli soliq to‘lovchi! Soliq organlari tomonidan amalga oshirilgan dastlabki tahlil natijalariga ko‘ra, rasmiylashtirilgan fakturadagi tovarlarning jamiyat kirimida mavjudligi o‘rganilganda, 2500000000 so‘mlik ( QQS 300000000 .so‘m ) tovar moddiy qiymatliklari uchun fakturalar shubhali deb e’tirof etilgan korxonalardan qabul qilinganligi ma’lum bo‘ldi. Ma’lumot uchun: Soliq kodeksining 14-moddasiga ko‘ra agar soliq to‘lovchi yagona yoki ustuvor maqsadi soliq to‘lamaslik tarzidagi asossiz soliq nafi olishdan yoxud o‘zi to‘laydigan soliqlarning summasini kamaytirishdan iborat bo‘lgan operatsiyalarni yoki operatsiyalar ketma-ketligini amalga oshirsa, uning bunday harakatlari huquqni suiiste’mol qilish deb e’tirof etiladi. Huquq suiiste’mol qilingan hollarda, soliq organlari soliq to‘lovchi to‘lashi lozim bo‘lgan soliqlarning summalarini aniqlashda huquqni suiiste’mol qilish alomatlariga ega bo‘lgan ayrim operatsiyalarni yoki operatsiyalar ketma-ketligini e’tiborga olmaslikka haqli. Shuningdek soliq organlari to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar summalarini bunday suiiste’mollikning ta’sirini istisno etadigan tarzda o‘zgartirishga haqli. Soliq kodeksining 266-moddasida agar hisobga olish huquqi tovarlarni (xizmatlarni) olish bo‘yicha qalbaki yoki ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitim natijasida vujudga kelganligiga oid dalillar mavjud bo‘lsa, soliq organlari hisobga olishni bekor qilishni yoki unga tuzatishni amalga oshirishga haqli ekanligi belgilangan. Agar jamiyatda mazkur operatsiyalarni haqqoniy amalga oshirilganligini (qalbaki yoki ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilmaganligini) tasdiqlovchi ma’lumotlarni (hujjatlar) mavjud bo‘lsa, ushbu asoslovchi ma’lumotlarni (hujjatlar) 5 kunlik muddatda Toshkent viloyati soliq boshqarmasiga ( Muqumov Aziz, tel:90-908-00-83 va tel:93- 155-55-06 ) taqdim qilinganida, soliq boshqarmasining tegishli xulosasiga asosan EHFda ko‘rsatilgan QQS summasini hisobga olish huquqi qayta tiklab berilishini ma’lum qilamiz. 2023 - yil 16 - iyun 19/9-62357 - son Qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan quyidagi hujjatlar mazkur operatsiyalarni haqqoniy amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib xizmat qilishi mumkin: - tuzilgan shartnomalar (asl nusxasi); - to‘lov hujjatlari; - tovar-transport yuk xatlari va ishonchnomalar; - tovarni yuklab-tushirish, qatnash va saqlash bo‘yicha asoslar, u bo‘yicha ishchi kuchi sarfi; - tovarni sarflanishi va bugungi kunda qoldiqda mavjud bo‘lgan tovarlarning ro‘yxati, foto va video suratlari. Shu bilan birga, ushbu ma’lumotlar soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali ham taqdim etilishi mumkin. Izoh: Bu kabi holatlar soliq xavfi (risklari) sifatida baholanib Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qaroriga asosan soliq tekshiruvlari tayinlashga asos bo‘lishi mumkin. Boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari M.Djumaniyazov Ijrochi: Sh.Chuliyev Tel.: 78-150-49-52 ID: 38634881 Sana: 16.06.2023 Download 13.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling