Ko‘rilgan bir parametrli diffuziyali model bilan bir qatorda gohida
ikki parametrli diffuziyali model ham ishlatiladi. Uning farqi
shundaki, oqimning aralashtirilishi nafaqat bo‘ylama, balki radial
yo‘nalishida hisobga olinadi. Shunday qilib, ikki parametrli
diffuziyali model ikki parametr bilan tavsiflanadi: bo‘ylama D
l
va
radial D
r aralashtirish koeffitsiyentlari. Bo‘ylama va radial
aralashtirish koeffitsiyentlari apparatning uzunligi va kesimi bo‘yicha
o‘zgarmaydi deb qabul qilinadi. Silindrik shaklli apparatda oqimning
harakati bir o‘lchamli va o‘rtacha tezligi u uzunlik va kesim bo‘yicha
o‘zgarmas bo‘lganda diffuziyali modelning ikki parametrli
tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega:
Ikki parametrli diffuziyali model uzunligining diametrga
nisbati katta bo‘lmagan va oqimlar tezligining
ko‘ndalang notekisligi katta bo‘lgan kolonna tipidagi
apparatlarda qo‘llaniladi. Yechilishining murakkabligi
tufayli bunday model bir parametrliga nisbatan ancha
kam ishlatiladi,
Diffuziyali model uchun pog‘onali g‘alayonga
javob.
Diffuziyali model uchun impulsli g‘alayonga
javob